Bahona tayyor. Özbekiston terma jamoasida kulgili muammo yuzaga keldi

Bahona tayyor. Özbekiston terma jamoasida kulgili muammo yuzaga keldi

Avval xabar berilganidek, FIFA kunlari doirasida Özbekiston milliy terma jamoasi Amerika Qöşma Ştatlari va Meksika bilan örtoqlik öyinida maydonga tuşadi. Ayni maqsadda keça, 7 sentyabr kuni özbekistonliklar AQŞning Sent-Luis şahriga yetib borgan. Biroq jamoa aʼzolarining 10 dan ortiq bagaji nomaʼlum sababga köra qolgan yuklar qatoridan topilmagan. Bu haqda “Samvel Karleniç” Telegram-kanalida maʼlum qilindi.

Manbaga köra, yöqolgan bagaj orasida baʼzi futbolçilarning ekipirovka va butsalari ham bor. Hozirda manzilgaça yetib kelmagan bagajlarni tezroq Sent-Luis şahriga yetkaziş böyiça zarur işlar olib borilmoqda.

Aytiş joiz, Özbekiston milliy terma jamoasi ayni damda “Hotel Sent Louis” mehmonxonasiga joylaşgan hamda joriy yilning 10 sentyabrida Toşkent vaqti bilan 03:30 da start oladigan örtoqlik öyiniga tayyorgarlik jarayonlarini boşlab yuborgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ va Özbekiston örtasidagi bahsni gonduraslik Nelson Salgado boşqarib borişi haqida xabar berilgan edi. Şuningdek, Sreçko Katanets qöl ostidagi Özbekiston milliy terma jamoasi 13 sentyabr kuni tarkibida Gilermo Oçoa, Raul Ximenes, Ektor Errera va Edson Alvares kabi taniqli futbolçilari bölgan Meksika termasi bilan ham özaro bahs olib boradi. Özbekiston milliy terma jamoasi oktyabr oyida Xitoy va Vetnamga qarşi örtoqlik uçraşuvi ötkazadi.


Teglar:
×