Oxirgi 15 kun içida ikki milliondan ortiq ukrainalik Rossiyaning davom etayotgan hujumlaridan qutuliş uçun Yevropa davlatlariga qoçib ketdi. Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişidan keyin 2 million 316 ming kişi allaqaçon Vengriya, Polşa, Slovakiya va Ruminiyaga ketgan.
Yevrokomissiya inqiroz boşlanganidan bir hafta ötib, mamlakatlarni ukrainaliklarni vaqtinçalik himoya qilişni taklif qildi.
Ayni damda eng köp ukrainalik qoçqinlar Ukraina bilan 500 kilometrlik çegaraga ega Polşada.
Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Qoçqinlar böyiça Oliy Komissarligi boşqarmasining sönggi maʼlumotlariga köra, 24 fevraldan 9 martgaça Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga 2 million 316 ming qoçqin, jumladan, 214 ming 160 kişi Vengriyaga, 84 ming 671 kişi Ruminiyaga, 165 ming 199 kişi Slovakiyaga, 1 million 412 ming 503 kişi Polşaga köçib ötgan.
Biroq, Polşa barça qoçqinlarni röyxatga ololmaydi. Şu kungaça Polşada atigi 200 ming qoçqin röyxatga olingan.
Polşa hukumati qoçqinlarga qariyb 60 yevro miqdorida moliyaviy yordam körsatmoqda, ularning ehtiyojlari uçun jami 1,5 million yevro ajratilgan. Keyin qoçqinlar Polşa orqali Yevropaning boşqa davlatlariga bepul transportda ötadi.
Yevrokomissiya matbuot kotibi Siara Bottomlining “Anadolu” axborot agentligiga aytişiça, vizasiz rejim tufayli ukrainaliklar Yevropa Ittifoqiga bemalol sayohat qilişlari mumkin.
“Yevropa Ittifoqi aʼzo davlatlar qoçqinlar oqimidan eng köp jabr körayotgan va qabul qiliş imkoniyati deyarli tugab qolgan mamlakatlarni qöllab-quvvatlamoqçi edi. Komissiya mamlakatlarning qoçqinlarni qöllab-quvvatlaşga bölgan ehtiyojlari va saʼy-harakatlarini, şu jumladan, ularning Yevropa Ittifoqidagi harakatini muvofiqlaştiriş uçun Birdamlik platformasini yaratdi”, deydi u.
Uşbu platforma orqali öz faoliyatini muvofiqlaştiruvçi Yevropa Ittifoqi davlatlari qoçqinlarni oilaviy aloqalar va til biliş kabi jihatlarni hisobga olgan holda qabul qiladi.
Ukraina fuqarolari viza rejimining bekor qilinişi munosabati bilan YEIda 90 kun qolişlari mumkin, bu muddat vaqtinçalik himoya taʼminlanişi tufayli 1 yilga uzaytirildi.









