19 fevral kuni Rossiya Federatsiyasi strategik yadroviy triadasi: strategik aviatsiya, qitʼalararo ballistik raketalar va suv osti raketa taşuvçilar iştirokçida maşğulotlar ötkazdi.
Kreml Matbuot xizmati xabariga köra, strategik qurollar iştirokçidagi manevrda Rossiya Aerokosmik kuçlari “Kinjal” gipertovuşli aeroballistik raketalarini muvaffaqiyatli uçirdi.
Bundan taşqari, maşqlar davomida “Kalibr” qanotli raketalari va “Tsirkon” gipertovuşli raketalari uçirilgan. Xususan, Astraxan viloyatida “Iskandar”, Plesetskdan “Yars”, Barents dengizidan “Sineva” uçirilgan.
Strategik qöşinlarning maşğulotlari avvalroq harbiy qömondonlik va nazorat organlari, jangovar ekipajlar, harbiy kemalar ekipajlari va strategik raketa taşuvçilarning belgilangan vazifalarni bajarişga tayyorligini, şuningdek, strategik yadroviy va yadroviy bölmagan qurollarning işonçliligini sinaş uçun rejalaştirilgandi.
“Strategik töxtatuvçi kuçlarning maşqlari davomida közda tutilgan vazifalar töliq bajarildi, barça raketalar belgilangan nişonlarni yöq qilib, körsatilgan xususiyatlarni tasdiqladi”, deyiladi xabarda.
Hozirda Rossiya qöşinlar va kuçlarni tezkor tayyorlaş böyiça keng kölamli çora-tadbirlarni davom ettirmoqda. Ularda deyarli barça harbiy okruglar, flot va havo-desant kuçlari qatnaşmoqda. Bundan taşqari, Belarus hududida Rossiya-Belarus “Ittifoqçilar qatʼiyati-2022” qöşma maşqlari ötkazilmoqda.
Maʼlumot örnida, Prezident Vladimir Putin va Belarus fuqarosi Aleksandr Lukaşenko Kremldagi vaziyat markazidan Aerokosmik qöşinlar, Janubiy harbiy okrug, Strategik raketa qöşinlari, Şimoliy va Qora dengiz flotlari qöşinlari iştirokidagi maşğulotlarning borişini kuzatib borgan.









