Keça, 2 mart kuni BMT Boş Assambleyasi Rossiyadan Ukrainadagi uruşni töxtatiş va qöşinlarini olib çiqişni talab qiluvçi rezolyutsiyani qabul qildi.
BMT Xavfsizlik Kengaşi rezolyutsiyalaridan farqli ölaroq, Birlaşgan Millatlar Taşkiloti rezolyutsiyalari davlatga nisbatan majburlov çoralarini belgilay olmaydi. Bunday çoralarni tayinlaş BMT Xavfsizlik Kengaşining vakolatidir.
Rezolyutsiya uçun 141 davlat yoqlab, beş davlat qarşi ovoz berdi, 35 davlat betaraf qoldi. Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Suriya, Şimoliy Koreya va Eritreya qarşi çiqdi. Betaraf qolganlar – Xitoy, Hindiston, Kuba, Markaziy Afrika Respublikasi, Eron, Iroq, Qozoğiston, Pokiston, JAR va boşqalar. Ozarbayjon, Turkmaniston va Özbekiston ovoz bermagan.

Ukraina, AQŞ, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Kanada, Yaponiya va boşqa bir qator davlatlar hamkorligida tayyorlangan rezolyutsiyada Rossiya tomonidan 2022 yil 24 fevralda Ukrainaga uruş eʼlon qilingani qoralanadi. Mualliflar, şuningdek, Rossiyaning “yadro kuçlarining tayyorgarligini oşiriş” qarorini qoralagan. Rezolyutsiyada aytilişiça, Boş Assambleya Rossiya Federatsiyasining Ukrainaga qarşi tajovuzkorligidan çuqur afsusda va Rossiya Federatsiyasidan Ukrainaga kuç işlatişni zudlik bilan töxtatişni hamda BMTning boşqa davlatlariga tahdid qilişdan tiyilişni talab qiladi.
Rezolyutsiyaga köra, BMT Boş Assambleyasi, şuningdek, Rossiya Federatsiyasidan özining barça qurolli kuçlarini Ukraina hududidan xalqaro miqyosda tan olingan çegaralar doirasida zudlik bilan, töliq va heç qanday şartlarsiz olib çiqib ketişni talab qiladi.
Hujjat Moskvadan DXR va LXRni tan olişdan zudlik bilan va sözsiz voz keçişni hamda barça tomonlardan Minsk kelişuvlariga rioya qilişni talab qiladi. Matnda, şuningdek, Boş Assambleya Belarusning Ukrainaga qarşi kuç işlatişda iştirok etganidan afsusda ekani taʼkidlangan va Minskdan xalqaro majburiyatlarini bajariş talab qilingan. Rezolyutsiyada “Rossiya Federatsiyasi va Ukraina örtasidagi ziddiyatni siyosiy muloqot va muzokaralar orqali zudlik bilan hal etiş” talab qilingan.
Joriy yilning 25, fevral kuni Rossiya BMT Xavfsizlik Kengaşida AQŞ va Albaniyaning Rossiya Federatsiyasini Ukrainadagi uruşni zudlik bilan töxtatişga çaqiruvçi rezolyutsiyasiga veto qöygandi. AQŞ elçisi Linda Tomas-Grinfild bu masalani BMT Boş Assambleyasi muhokamasiga ötkazişga vaʼda bergan.









