Zelenskiy yahudiylarni Rossiyaga qarşi qayraydigan nutq qildi

Zelenskiy yahudiylarni Rossiyaga qarşi qayraydigan nutq qildi

Ukraina fuqarolari uruşning dastlabki yetti kunida 30 yillik mustaqillik davridan köra köproq birlaşdi. Bu haqda Prezident Vladimir Zelenskiy xalqiga yöllagan videomurojaatida aytib ötdi.

“Salomatlik tilayman, birdam yurt! Men tasodifan birdam demadim. Bu dahşatli uruşning yettinçi kuni boşlandi. Biz birdek his qilayotgan uruş. Bu vaqt içida 30 yildagidan köra köproq birlaşdik. Avvaliga biz birdek qörqdik. Keyin birdek oğriqli böldi, lekin hozir hammasi bir xil. Ğalabadan, haqiqatdan, biz erişmoqçi bölgan tinçlikdan, osoyiştalikdan, biz taşvişlanayotgan xalqimiz hayotidan va Ukrainadan taşqari... Bu vaqt içida biz haqiqatan ham bir butun böldik. Biz bir-birimizni keçirdik. Bir-birimizni yaxşi kördik. Biz bir-birimizga yordam beryapmiz. Bir-birimiz uçun qayğuryapmiz”, degan Ukraina Prezidenti videomurojaatida.

Prezident yana butun dunyodagi yahudiylarini Rossiyaning Babiy Yarga raketa hujumiga javob berişga çaqirdi.

“Şunday joyni raketa nişoniga aylantiriş uçun kim böliş kerak? Sizlar Xolokost qurbonlarini ikkinçi marta öldiryapsiz. Sovet davrida Babiy Yarning haqiqiy tarixini öçiriş uçun savdo markazi va sport klubi, yordamçi binolar hamda boğ qurişdi. Nega endi bombardimon qilişdi? Bu insoniylik çegarasidan çiqiş. Bunday raketa zarbasi Rossiyadagi köp odamlar uçun bizning Kiyevimiz butunlay begona ekanini körsatadi. Poytaxtimiz, tariximiz haqida heç narsa bilişmaydi, lekin ularga tariximiz, yurtimiz, barçamizni yöq qiliş buyruği berilgan”, degan Zelenskiy.

U duşman haddan taşqari qahrli ekanini taʼkidlagan. Tunda rus qöşinlari Kiyevda ukrainaliklarni bombardimon qildi, keyin Babiy Yarni raketa bilan urdi.

“Butun dunyo “boşqa heç qaçon” deb vaʼda qilyapti. Tariximizni, jahon tarixini biladigan har qanday oddiy odam uçun Babiy Yar Kiyevning alohida qismi, Yevropaning alohida qismi, ibodat joyi, bu tepaliklarda öldirilgan yuz minglab odamlar xotirasi maskanidir”, deya qöşimça qilgan Prezident.

“Ukrinform” xabariga köra, Kiyevdagi teleminorani urib tuşirişda foydalanilgan Rossiya raketasi Babiy Yarga kelib tuşgan. 

Babi Yar— Kiyevning şimoli-ğarbiy qismida, Lukyanovka va Sirets tumanlari oraliğidagi trakt bölib, u yerda Ikkinçi Jahon uruşi vaqtida tinç aholi, asosan yahudiylar, lölilar, şuningdek, sovet harbiy asirlari, natsistlar tomonidan qatl etilgan.

×