Özbekiston nega Rossiyaning BMT kengaşidan çiqarilişiga qarşi ovoz berdi?

Özbekiston nega Rossiyaning BMT kengaşidan çiqarilişiga qarşi ovoz berdi?

BMT Boş assambleyasida Rossiyaning Inson huquqlari kengaşidagi aʼzoligini töxtatiş böyiça ötkazilgan ovoz beriş jarayonida Özbekiston bunga qarşi çiqdi. Mamlakatning BMTdagi vakili Baxtiyor Ibrohimov buning sababini maʼlum qildi.

Ukraina va BMTga aʼzo 50 dan ortiq davlatlar taklif etgan rezolyutsiyani 93 davlat qöllab-quvvatlagan. 24 delegatsiya qarşi çiqqan, 58 ta davlat esa betaraf qolgan. Qarşi ovoz berganlar orasida Özbekiston, Tojikiston, Qirğiziston, Qozoğiston, Rossiya, Belarus va boşqa mamlakatlar bor.

Boş assambleyaning 11-favqulodda sessiyasida Ibrohimov sözga çiqib, qarşi ovoz beriş borasida maʼlumot bergan. Jumladan, rasmiy Özbekiston Ukrainadagi mavjud vaziyat böyiça muvozanatli va neytral pozitsiyani saqlaşda davom etişini aytgan.

Ibrohimovga köra, mamlakat tomonlar xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan tamoyil va normalari asosida vaziyatni siyosiy va diplomatik vositalar orqali hal qilişning eng maqbul yöllarini topişiga umid qilmoqda.

«Özbekiston delegatsiyasi Rossiyaning BMT Inson huquqlari böyiça kengaşidagi aʼzoligini töxtatib turiş töğrisidagi rezolyutsiyaga qarşi ovoz berdi. Kengaş davlatlaridan birining aʼzoligini töxtatiş uşbu mamlakatga nisbatan gumon qilingan huquqbuzarliklarni har tomonlama tekşiriş natijasiga asoslanişiga umid qilamiz», — degan Baxtiyor Ibrohimov.

×