Özbekiston Afğoniston bilan çegaradoş hududida harbiy maşğulotlar boşlandi

Özbekiston Afğoniston bilan çegaradoş hududida harbiy maşğulotlar boşlandi

Surxondaryodagi Termiz dala öquv maydonida 6 sentyabr kuni öquv-uslubiy yiğinga start berildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinişiça, bu öquv yiğini janubi-ğarbiy maxsus harbiy okrug qömondoni örinbosarining viloyat hududidagi harbiy qismlar, havo hujumidan mudofaa bölinmalari bilan aviatsiyaning intensiv uçiş hududlarida dala öquv yiğini ötkaziş haqidagi buyruğiga asosan ötkazilmoqda.

Qayd etilişiça, soha masʼul ofitseri podpolkovnik Sarvar Toştemirov tadbir avvalida söz olib, qöşinlarning jangovar tayyorgarlik darajasini dunyoning eng ilğor armiyalari bilan tenglaştiriş kerakligi, buning uçun harbiy qism va muassasalarda barça moddiy-texnik asoslar, harbiy xizmatçilar uçun zarur şaroit yaratilgani, endi yurt posbonlari faqat va faqat öz ustida işlaşi, eng sönggi zamonaviy bilimlarni özlaştirişi lozimligini taʼkidladi.

Foto: Mudofaa vazirligi axborot xizmati

Bayon qilinişiça, dala öquv yiğinini ötkazişdan asosiy maqsad töplangan tajribalarni yanada mukammallaştiriş, jangovar harakatlarni taşkillaştiriş va zamonaviy şaroitda har tomonlama egallangan bilimlarni mustahkamlaş hisoblanadi. Yiğin iştirokçilari bilan saf tayyorgarligi, jismoniy tayyorgarlik maşğulotini yangiça usullarda olib boriş böyiça amaliy maşğulotlar bölib ötgan. Saf tayyorgarligi davomida harbiy xizmatçilarning ust-boşi, hujjatlari, qurollari körikdan ötkazilgan. Öquv-uslubiy yiğin davom etmoqda.

Foto: Mudofaa vazirligi axborot xizmati

Avvalroq Surxondaryoda Özbekiston–Rossiya harbiy öquv-yiğinlariga start berilgani, Samarqandda harbiylarning öquv maşğuloti bölib ötgani va Özbekistonda yana bir dala öquv maydoni foydalanişga topşirilgani xabar qilingan.

×