Maʼlumki, Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi fuqarolarni koronavirus xavfidan ogohlantiriş maqsadida ularning uyali aloqa telefonlariga SMS-xabarnomalar yubormoqda. Ularda sanitariya va gigiyena qoidalariga amal qiliş, qöllarni tez-tez sovunlab yuviş kerakligi aytilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan yuborilayotgan SMS-xabarnomalarning navbatdagisi tarqalmoqda. Unda “Soğliqni saqlaş vazirligi ogohlantiradi: Koronavirusidan saqlaniş uçun alkogol mahsulotlarini tez-tez isteʼmol qiliş lozim”, deb yozilgan. Mazkur xabarnomalar soxta bölib, Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan fuqarolarning telefonlariga bunday SMS’lar yuborilmagan. Holat yuzasidan SSV rasmiy bayonot berdi. Unda şunday deyiladi:
“Dunyoda koronavirus infektsiyasi (COVID-19) böyiça epidemik vaziyatdan kelib çiqqan holda mamlakatimizda uşbu infektsiyaning kirib kelişi va uning oldini oliş borasida tizimli işlar olib borilmoqda. Jumladan, Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan bu borada aholining sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilişi va profilaktik çoralar köriş borasida sms xabarnomalar yöllaş tizimi yölga qöyildi.
Ularda asosan, qöllarni tez-tez yaxşilab yuviş, şamollagan odamlar bilan muloqot qilmaslik, yuzni qöl bilan uşlamaslik, jamoat joylarga borişni kamaytiriş, yötalganda va aksirganda oğiz va burunni yopiş kabi oddiy, ammo muhim gigiyenik qoidalar berib borilmoqda.
Afsuski, uşbu SMS-xabarlarni notöğri talqin qiliş, mazmunini sunʼiy ravişda özgartirib beriş orqali aholi orasida vahima uyğotayotganlar ham uçramoqda. Jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik nomidan “koronavirusdan saqlaniş uçun alkogol mahsulotlarini tez-tez isteʼmol qiliş lozim” mazmunidagi xabarlar mutlaqo yolğon va Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan bunday SMS-xabar yuborilmagan. Mutaxassislarning yakdil xulosasiga köra, alkogol mahsulotlarini isteʼmol qiliş koronavirus infektsiyasidan saqlay olmaydi”.
Rasmiy bayonotda qayd etilişiça, hozirgaça Özbekistonda koronavirus infektsiyasi bilan boğliq birorta holat qayd etilmagan. Şu örinda Soğliqni saqlaş vazirligi yana bir bor aholidan ortiqça sarosimaga tuşmagan holda şaxsiy gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya qilişni söramoqda.
Qalampir.uz Tahririyati









