Özbekiston Prezidentining “Xalqaro şartnomani tasdiqlaş töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, Özbekiston hamda Pokiston hukumatlari örtasida tranzit savdosi töğrisidagi bitim tasdiqlandi.
Investitsiya va taşqi savdo vazirligi, Transport vazirligi va Davlat bojxona qömitasi uşbu xalqaro şartnomani amalga oşiriş uçun masʼul vakolatli organlar etib belgilangan.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegişli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro şartnoma kuçga kirgandan keyin Özbekistonning majburiyatlari bajarilişini taʼminlaydi.
Eslatib ötamiz, hujjat 2021 yilning 15 iyulida Pokiston Boş vaziri Imron Xonning Özbekistonga taşrifi davomida Prezident Şavkat Mirziyoyev bilan ötkazilgan muzokaralar yakunida imzolangan.









