Özbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengaşining 2020 yil Ramazon hayitini nişonlaş töğrisidagi BAYONOTI

Özbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengaşining 2020 yil Ramazon hayitini nişonlaş töğrisidagi BAYONOTI

Aziz yurtdoşlar, Özbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengaşi nomidan Siz azizlarni mehr-oqibat, ezgulik va saxovat ayyomi bölgan Ramazon hayiti bilan samimiy muborakbod etamiz.
Har yili butun dunyo mömin-musulmonlari qatori yurtdoşlarimiz Iydul fitrni kötarinki kayfiyat, özgaça şukuh, alohida tayyorgarlik va katta xursandçilik ila nişonlaydilar.
Ramazon oyi davomida ado etilgan ibodatlar, ezgu amallar va mehr-saxovat işlari evaziga mömin-musulmonlar juda katta ajr-savoblarga erişadilar, inşa Alloh.
Ramazon oyida Alloh taolo farz qilgan röza tutilib, diyorimiz böylab xatmi Qurʼonlar qilindi. Yordamga muhtoj kişilar va kam taʼminlangan oilalarga xayru saxovatlar qilindi.
Barçaga maʼlumki, bugungi kunda butun dunyo böylab, jumladan, yurtimizda ham koronavirus kasalligi keng tarqaldi. Hozir insoniyat murakkab davrni boşidan keçirmoqda. Yurtimizda epidemiologik vaziyatni jilovlaş, aholi salomatligini har tomonlama himoya qiliş uçun barça çoralar körilmoqda. Yurtimizda bu kasallik keng tarqalişining oldini oliş maqsadida karantin va bir qator çeklovlar joriy etildi.
Qatʼiy karantin çoralarini qöllaş bilan mamlakatda kasallikning qayd etilgan holatlariga nisbatan ham, kunlik yangi holatlar ham past darajada saqlanib turibdi. Yurtimiz uşbu ofatdan ortiqça talafotlarsiz çiqişga erişmoqda va vaziyat barqarorlaşgani sari karantin çoralari sekin-asta yumşatilmoqda. Lekin, butun dunyoning köplab mamlakatlarida yangi turdagi koronavirus pandemiyasi bilan boğliq vaziyat keskinligiça qolmoqda.
Bayon etilganlardan kelib çiqib, 2020 yilgi Ramazon hayiti (Iydul fitr) namozini pandemiya davrida jamoat bölib öqiş imkoniyati mavjud emasligi, mömin-musulmonlarning zimmasidan uşbu ibodatni soqit qiladi.
Özbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengaşining koronavirus infektsiyasi tarqalişining oldini oliş böyiça fatvosi va Ramazon oyini ötkaziş haqidagi bayonotida qayd etilganidek, epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda juma namozi örniga uyda peşin namozini, beş vaqt namoz va Ramazon oyidagi tarovih namozini uyda öqiş haqidagi tavsiyalar ayni Ramazon hayiti namoziga ham tegişlidir.
Ramazon hayiti kunlari epidemik holat mavjudligi va odamlarning hayotiga xavf saqlanib qolişi sababli juma va boşqa namozlar kabi Iyd namozini ham jamoat bölib öqişning iloji bölmaydi.
Bunday vaziyatda quyidagi oyat, hadis va şarʼiy qoidalarda körsatilgan tavsiyalarga amal qilişga buyuriladi. Alloh taolo Qurʼoni karimda şunday xitob qiladi:
وَلَا تُلْقُوا بِأَيْدِيكُمْ إِلَى التَّهْلُكَةِ
yaʼni: “Özingizni halokatga duçor qilmang” (Baqara surasi, 195-oyat).
Abu Saʼid Xuduriy raziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Hazrati Payğambarimiz sallallohu alayhi vasallam:
لا ضرر ولا ضرار
yaʼni: “Zarar beriş va zarar köriş ham yöq” deganlar.
Möʼtabar fiqhiy kitoblarimizda:
درء المفاسد مقدم على جلب المصالح
yaʼni: “Zararni daf qiliş foydani jalb qilişdan oldinga qöyiladi”, degan qoida bor.
Yuqoridagi bayon etilganlardan kelib çiqib, şariat insonga zarar yetiş ehtimoli kuçaygan paytda ibodatlarni yengil tarzda bajarişga ruxsat beradi yoki butunlay zimmadan soqit qiladi. Iyd namozi vojib amal bölgani bois bugungiday uzrli holatlarda hayit namozi ado etiş soqit böladi.
Mavjud vaziyat taqozosidan kelib çiqib, Ramazon hayiti namozi ado qilinmasa ham bayram kayfiyatini saqlab qoliş uçun Hazrati Payğambarimiz sallallohu alayhi vasallamning bir sunnatlarini hayotga joriy etiş maqsadga muvofiqdir. Abu Saʼid raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
لَا يُصَلِّي قَبْلَ اَلْعِيدِ شَيْئًا, فَإِذَا رَجَعَ إِلَى مَنْزِلِهِ صَلَّى رَكْعَتَيْنِ
yaʼni: “Rasululloh sallallohu alayhi vasallam Iyd namozidan avval nafl namoz öqimasdilar. Qaçon uylariga qaytsalar ikki rakat namoz öqirdilar” (Imom Ibn Moja rivoyati).
Hanafiy mazhabining möʼtabar fiqhiy manbalaridan biri bölmiş “Majmaʼul anhur” kitobida şunday deyiladi:
اعْلَمْ أَنَّ صَلَاةَ الْعِيدِ قَائِمَةٌ مَقَامَ الضُّحَى فَإِذَا فَاتَتْ بِعُذْرٍ يُسْتَحَبُّ
أَنْ يُصَلِّيَ رَكْعَتَيْنِ أَوْ أَرْبَعًا وَهُوَ أَفْضَلُ
yaʼni: “Maʼlum bölsinki, hayit namozi Zuho (çoşgoh) namozining örniga qöyilgan. Qaçonki, hayit namozi biror uzr sababli öqilmay qolsa, ikki yoki tört rakat nafl namoz öqiş mustahab böladi. Tört rakat öqigan afzal”.
Bayon etilgan şarʼiy dalil va hujjatlardan kelib çiqib, Özbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengaşi karantin şarotida Ramazon hayitini nişonlaş böyiça quyidagi tavsiyalarni taqdim etadi:
Özbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengaşi fatvosi asosida masjidlarda karantin davrida vaqtinça jamoat namozlari töxtatilganini inobatga olgan holda Ramazon hayiti (Iydul fitr) namozini öqiş ham mömin-musulmonlarning zimmasidan soqit böladi. Yurtdoşlarimizga hayit kuni quyoş terak böyi kötarilgandan keyin öz xonadonlarida tört rakatli nafl namozi öqişlari tavsiya etiladi.
Ulamolar va imom-xatiblar tomonidan bugungi vaqtinçalik qiyinçiliklarga qaramasdan, Ramazon hayiti har doimgidek xonadonlarimizga, dillarimizga quvonç, yurtimizga fayzu baraka kirişi, bir-birimizga bölgan mehr-oqibatimizni yanada ziyoda bölişiga sabab ekani töğrisida, ommaviy axborot vositalari, tele, radiokanallar, bosma va elektron naşrlarda keng kölamli tarğibot işlari amalga oşirilsin.
Hayit arafasida va bayram kunlari yoşi uluğ keksalarimiz va bemorlar holidan xabar oliş hamda hayit bilan tabriklaş va boşqa milliy urf-odatlarimiz bilan boğliq anʼanalarimizni karantin talablaridan kelib çiqqan holda amalga oşiriş tavsiya etilsin.
Qoraqalpoğiston Respublikasi, Toşkeng şahri va viloyatlarning markazlarida “Ramazon hayiti – xayru saxovat ayyomi”, “Ramazon hayiti – xursandçilik mavsumi”, “Iydul fitr – katta şodiyona” mazmunidagi yozuvlar peşlavhalari joylaştirilsin.
2020 yil 24 may kuni Özbekiston musulmonlari idorasining Ramazon hayiti tabrigi yurtimiz ahliga yetkazilsin. Uşbu tabrikdan söng eng tabarruk ulamolar tomonidan Ramazon hayiti fazilatlari töğrisida televideniya orqali intervyular tizimli ravişda davom ettirilsin.
Ramazon hayiti arafasida aholining yordamga muhtoj qatlamlarini qöllab-quvvatlaş maqsadida, homiylarni jalb etgan holda “Saxovat va kömak” umumxalq harakati keng qamrovli amalga oşirilsin.
Ramazon hayiti arafasida barça telekanallar orqali efirga uzatilişi rejalaştirilgan körsatuvlar Media-rejasi asosida Qoraqalpoğiston Respublikasi qoziyoti qozisi, Toşkent şahar va viloyatlar boş imom-xatiblari hamda xalqimiz orasida obröli diniy ulamolarimiz tomonidan taşkil qilinsin va keng yoritilsin.
Qoraqalpoğiston Respublikasi qoziyoti qozisi, Toşkent şahar va viloyatlar boş imom-xatiblari tomonidan ijtimoiy tarmoqlar orqali, “Ramazon hayiti muborak bölsin!” mavzusidagi maʼruzalarni Ramazon hayiti kuni onlayn tarzda berib boriş taşkil etilsin.
Aziz yurtdoşlar, Allohning rahmati va barakoti yoğilib turgan uşbu damda, qalbimiz yumşab, ixlosimiz ortib turgan lahzalarda duo qilaylik. Xalqimizni, jonajon Vatanimizni ofatu kulfatlardan, baloyu qazolardan Özi saqlab, hayotimizni bundan-da farovon qilsin.

Özbekiston musulmonlari idorasi
Ulamolar Kengaşi,
2020 yil 21 may, Toşkent şahri

×