Özbekiston va Pokiston nimalarga kelişib oldi?

Özbekiston va Pokiston nimalarga kelişib oldi?

5 fevral kuni oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengaşining birinçi yiğilişidan söng Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Pokiston Islom Respublikasi Boş vaziri Şahboz Şarif Qöşma deklaratsiyani imzoladi. Bu haqda Özbekiston yetakçisining matbuot xizmati xabar berdi. 


Qayd etilişiça, yetakçilar huzurida quyidagi ikki tomonlama hujjatlarni almaşiş marosimi bölib ötgan:

  • Taşqi işlar vazirliklari örtasida 2026-2028 yillarga möljallangan hamkorlik dasturi;
  • Özbekiston – Pokiston Işbilarmonlik kengaşini taşkil etiş töğrisida bitim;
  • Özbekiston – Pokiston hududlararo forumini taşkil etiş töğrisida şartnoma;
  • Imtiyozli savdo töğrisidagi bitimga yangi tovarlar röyxatini kiritiş haqida bayonnoma;
  • Port xizmatlari va çegirmalar taqdim etiş sohasidagi hamkorlik töğrisida bitim;
  • Konçilik va geologiya sohasidagi hamkorlik töğrisida bitim;
  • Qişloq xöjaligi sohasidagi hamkorlik töğrisida bitim;
  • Qişloq xöjaligi tadqiqotlari va rivojlaniş sohasidagi hamkorlik töğrisida bitim;
  • Farmatsevtika mahsulotlarini nazorat qiliş sohasidagi hamkorlik töğrisida bitim;
  • Töqimaçilik va tikuvçilik sanoatida hamkorlik töğrisida bitim;
  • Raqamli va axborot texnologiyalari sohasidagi hamkorlik töğrisida bitim;
  • Madaniyat sohasidagi hamkorlik töğrisida bitim;
  • Buyuk Boburiylar sulolasining ilmiy-maʼrifiy, madaniy va meʼmoriy merosini asraş, örganiş hamda keng tarğib qiliş töğrisida bitim;
  • Sport sohasidagi hamkorlik töğrisida bitim;
  • Radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasidagi hamkorlik töğrisida bitim;
  • Ekologiya va tabiiy ofatlar sohasidagi hamkorlik töğrisida bitim;
  • Favqulodda vaziyatlarni boşqariş sohasidagi hamkorlik töğrisida şartnoma;
  • Korruptsiyaga qarşi kuraşiş sohasidagi hamkorlik töğrisida bitim;
  • Giyohvandlik vositalari, psixotrop va yangi psixoaktiv moddalar va ularning prekursorlarining noqonuniy aylanişiga qarşi kuraşiş sohasidagi hamkorlik töğrisida bitim;
  • Ozodlikdan mahrum etilgan şaxslarni jazoni ötaşni davom ettiriş uçun topşiriş töğrisidagi kelişuv;
  • Özbekistondan Pokistonga isteʼmol qiliş uçun yangi uzilgan olma, anjir, limon va aççiq qalampir eksporti uçun fitosanitariya talablari töğrisida bayonnoma;
  • ikki mamlakat mudofaa vazirliklari örtasida “yöl xaritasi”.

Şuningdek, Özbekiston – Pokiston ekspertlar kengaşini taşkil etiş, Özbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan Pokiston Sanoat va işlab çiqariş vazirligi huzuridagi Kiçik va örta biznesni rivojlantiriş boşqarmasi, Termiz şahri hokimligi va Peşovar şahri maʼmuriyati, Samarqand şahri hokimligi va Islomobod şahri maʼmuriyati, Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti va Islomobod strategik tadqiqotlar instituti, Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti va Peşovar universiteti örtasida hamkorlik töğrisida bitimlar imzolangan.

Eslatib ötamiz, ayni damda Şavkat Mirziyoyev davlat taşrif bilan Pokiston bölib turibdi. Özbekiston yetakçisi taşrif doirasida “Global sanoat va mudofaa yeçimlari” kompaniyasining boş qarorgohiga taşrif buyurib, Mudofaa kuçlari Oliy Boş qömondoni – Qurolli kuçlarning quruqlikdagi qöşinlari qömondoni, feldmarşal Asim Munir bilan uçraşuv ötkazgani va Pokiston Islom Respublikasi Boş vaziri örinbosari, Taşqi işlar vaziri Ishoq Dorni qabul qilgani haqida xabar berilgan edi. Şuningdek, Pokiston Boş vazirining qarorgohida Özbekiston Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib oliş marosimi bölib ötdi. Bundan taşqari, Şavkat Mirziyoyev va Şahboz Şarif tor doirada muzokara hamda oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengaşining birinçi yiğilişini ötkazdi va Islomoboddagi köçalardan biriga Toşkent va yangidan barpo etiladigan boğga Zahiriddin Muhammad Bobur nomini beriş marosimida qatnaşdi.


×