Prezident Özbekiston fuqaroligi töğrisidagi qonunni imzoladi

Prezident Özbekiston fuqaroligi töğrisidagi qonunni imzoladi

Özbekiston Respublikasi Prezidenti “Özbekiston Respublikasining fuqaroligi töğrisida”gi qonunni imzoladi.

Qonunga muvofiq, 1995 yil 1 yanvarga qadar Özbekiston hududiga kirib kelgan va doimiy propiskadan ötgan, çet davlat fuqaroligini qabul qilmagan hamda mazkur Qonun kuçga kirguniga qadar fuqaroligi bölmagan şaxs Özbekiston fuqarosi deb tan olinadi.

Qonun bilan Prezident huzuridagi Fuqarolik masalalari böyiça komissiyaning maqomi, asosiy vazifalari va vakolatlari belgilandi.

Jumladan,  Komissiya Özbekiston fuqaroligi masalalariga oid iltimosnomalarni körib çiqadi, Prezidentga uşbu masalalar yuzasidan takliflar kiritadi.

Qonunga köra, Özbekiston fuqaroligi masalalarini körib çiqişda idoralararo elektron hamkorlik şakllantiriladi.

Uşbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 6 oy ötgaç kuçga kiradi.

Qonunning ayrim moddalari va bandlari 2020 yil 1 apreldan eʼtiboran amalga kiritiladi.

×