Özbekiston Pokiston bilan hamkorlikda xalqaro transport yölagini yaratiş böyiça kelişuvga erişdi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, keça, 4 fevral kuni Özbekiston Respublikasi Transport vazirining birinçi örinbosari Mamanbiy Omarov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Pokiston Temir yöllar vaziri örinbosari Mazxar Ali Şoh bilan uçraşgan.
.jpg)
Uçraşuvda mintaqaviy transport boğliqligini mustahkamlaş, yuk taşiş hajmlarini oşiriş va yangi xalqaro yölaklarni şakllantirişga qaratilgan muhim taşabbuslar körib çiqilgan.
Xususan, “Özbekiston – Afğoniston – Pokiston” temir yöl loyihasini amalga oşiriş böyiça kelişuvga erişilgan. Tomonlar mazkur temir yöl qurilişining texnik-iqtisodiy asoslarini işlab çiqiş maqsadida yaqin vaqt içida tadqiqot işlarini boşlaşga kelişib olgan.
Şuningdek, Pokiston kommunikatsiyalar vaziri örinbosari Ali Şoh Masud bilan “Pokiston – Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston” yangi xalqaro transport yölagini yaratiş masalalari muhokama qilingan. Muzokaralar yakunida tomonlar joriy yil fevral oyida uşbu yönaliş böyiça pilot yuk taşuvlarini amalga oşirişga kelişib olgan.









