Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid uruş kerak emas”ligini, ukrainlar hujumçilarni kutib olişga tayyorligini bildirdi.
Prezident Zelenskiy videomurojaat avvalida ukrainlarga Ğarb davlatlari rahbarlari bilan bölib ötgan sönggi muzokaralar haqida maʼlumot bergan. Keyingi fiklarini rus tilada davom ettirib, rus qöşinlarining ikki davlat örtasidagi çegarani kesib ötişi “katta uruş” boşlanişiga sabab bölişini aytgan.
Ikki tildagi murojaatda Zelenskiy Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali gaplaşişga uringanini maʼlum qilgan.
“Natija – sukunat, garçi sukunat Donbassda bölişi kerak bölsa ham”, deydi u.
Şuningdek, Zelenskiy rossiyaliklarga Prezident emas, balki Ukraina fuqarosi sifatida murojaat qilayotganini urğulagan. Uning eslatişiça, Rossiya va Ukraina 2 000 kilometrdan ortiq umumiy çegaraga ega – “sizning qöşinlarigiz bugun uning yonida turibdi”, degan u. Unga köra, bular 200 mingga yaqin harbiy xizmatçi va köplab harbiy texnikalardir.
“Sizning rahbariyatingiz ularning boşqa davlat hududiga qadam qöyişini maʼqulladi va bu qadam katta uruşning boşlanişi bölişi mumkin”, deya ogohlantirgan Ukraina rahbari.
Zelenskiyga köra, “ruslar va ukrainlar bir-biridan farq qiladi, lekin bu duşman böliş uçun sabab emas”.
“Ukraina xalqi, hukumati tinçlikni xohlaydi va qölidan kelganini qiladi. Uruş – bu katta muammo, buning uçun siz yaqinlaringiz va öz hayotingiz bilan badal tölaşingiz kerak. Uruş barçani kafolatidan mahrum qiladi, heç kim xavfsizlik kafolatiga ega bölmaydi. Bundan kim köproq aziyat çekadi? Odamlar”, deydi Prezident.









