Rossiya Ukrainaga bostirib kirişi ortidan Toşkent Kiyevga barça parvozlar bekor qildi

Rossiya Ukrainaga bostirib kirişi ortidan Toşkent Kiyevga barça parvozlar bekor qildi

Bugun, 24 fevral kuni Ukraina havo hududi yölovçi havo kemalari qatnovlari uçun yopilişi munosabati bilan “Uzbekistan Airways” AJ Kiyevga parvozlarni bekor qildi. Bu haqda kompaniya Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilişiça, Ukraina havo hududi yölovçi havo kemalari qatnovlari uçun yopilişi munosabati bilan HY - 3731/3732 Toşkent – Kiyev – Toşkent muntazam qatnovlari joriy yilning 27 fevral va 2 mart kunlari rejalaştirilgan parvozlari bekor qilinadi. 

“Bekor bölgan parvozlar yölovçilari aviaçiptalarining töliq qiymatini çipta sotib olingan joyda qaytarib olişlari yoki parvozlar qayta tiklanganidan keyin boşqa sanaga bepul qayta bronlaş huquqiga egadirlar. 

“Uzbekistan Airways” AJ yölovçilarni jadvaldagi har qanday özgarişlar haqida qöşimça ravişda xabardor qiladi”, deyiladi rasmiy maʼlumotda.

×