Rossiya Ukrainaga yana raketalar va uçuvçisiz dronlar bilan hujum qildi

Rossiya Ukrainaga yana raketalar va uçuvçisiz dronlar bilan hujum qildi

Ukraina Qurolli kuçlari Havo kuçlari maʼlumotlariga köra, Rossiyaning 29 ta dronidan 24 tasi mamlakatning töqqiz viloyatida urib tuşirilgan. Mintaqaviy rasmiylar qurbonlar va jarohatlanganlar yöqligini maʼlum qildi. Qator obʼektlar zarar körgan va yöq qilingan.

3 avgust, şanbaga ötar keçasi Rossiya armiyasi Ukraina hududiga törtta X-31P raketasi va 29 ta Shahed uçuvçisiz uçoğini uçirdi, deb xabar berdi Ukraina Havo kuçlari Telegram'da. «Havo hujumiga qarşi jang natijasida Xerson, Odessa, Mikolayiv, Poltava, Sumi, Dnipropetrovsk, Kiyev, Vinnitsa va Jitomir viloyatlarida Shahed-131/136 rusumidagi 24 ta hujumkor uçuvçisiz uçoqlar urib tuşirildi», — deyiladi xabarda.

Bayonotda aytilişiça, uçirişlar Qora dengiz ustidagi havo hududidan, Rossiyaning Primorsko-Axtarsk va Kursk viloyatlari, şuningdek, Qrimdagi Çauda burunidan amalga oşirilgan.

Hujum qilingan hududlar rasmiylariga köra, qurbonlar va jarohatlanganlar yöq. Biroq, vayronagarçilik mavjud: Vinnitsa viloyatida tungi zarbalar natijasida infratuzilma obʼekti, Dnipropetrovsk viloyatida - xususiy uy va suv taʼminoti tizimi şikastlangan. Mikolayiv viloyatida xususiy uy hududida ikkita xöjalik inşooti va öt-ölan yonib ketdi, biroq yonğin tezda öçirildi, deya xabar qildi rasmiylar.

Teglar:
×