Rus oligarxlari Ukrainaga bosqin ortidan $83 mlrdga kambağallaşdi

Rus oligarxlari Ukrainaga bosqin ortidan $83 mlrdga kambağallaşdi

Birjadagi pasayiş tufayli rossiyalik oligarxlarning boyligi 2022 yil boşidan buyon önlab milliard dollarga kamaydi, deb yozmoqda “Bloomberg”.

Naşr tomonidan tuzilgan “Milliarderlar indeksi” maʼlumotlariga köra, dunyoning 500 ta eng badavlat kişilari röyxatidagi 22 nafar rossiyalik jami 83 milliard dollar yöqotgan.

London fond birjasi maʼlumotlariga köra, 28 fevral kuni Rossiyaning ayrim kompaniyalari, jumladan “Novatek” va “Severstal” aktsiyalari öz qiymatining yarmidan köpini yöqotdi. Qimmatli qoğozlarning pasayişi AQŞ, Buyuk Britaniya va YEI tomonidan Rossiyaga qarşi yangi sanktsiyalar paketi kiritilişi ortidan sodir böldi.

“Lukoyl” boş direktori Vagit Alekperovning boyligi qariyb 13 milliard dollarga qisqargan, bu rossiyalik milliarderlar orasida eng katta pasayişdir. 28 fevral kuni London fond birjasida uning neft kompaniyasining aktsiyalari 62,8 foizga arzonlaşgan. Biznesmen Gennadiy Timçenko boyligining deyarli yarmidan — 10,6 milliard dollardan mahrum bölgan.

“Novateka” kompaniyasi egasi Leonid Mixelson 10,2 milliard dollardan ayrildi. “Evraz” pölat kompaniyasi va “Çelsi” futbol klubi aktsiyadori Roman Abramoviç 5 milliard dollar yöqotdi. Fevral oyi oxirida tadbirkor klub boşqaruvini xuddi şu nomdagi xayriya jamğarmasi vasiylariga topşirdi.

Ğarb sanktsiyalari Alişer Usmonov, Mixail Fridman, Pyotr Aven, Aleksey Mordaşov, Nikolay Tokaryov va Aleksandr Ponomarenko kabi yirik tadbirkorlarga ham taʼsir körsatdi. 28 fevral kuni Britaniya Taşqi işlar vaziri Liz Trass Britaniya rasmiylari rossiyalik oligarxlarning mulki va yaxtalarini tortib oliş niyatida ekanini aytdi. 1 mart kuni Mixail Fridman "Veon" telekommunikatsiya xoldingi direktorlar kengaşini tark etişi, Aleksandr Ponomarenko esa "Şeremetevo" aeroporti direktorlar kengaşi raisi lavozimini tark etişi maʼlum böldi.

×