Rossiya Xitoy va Saudiya fuqarolari uçun vizani bekor qildi

Rossiya Xitoy va Saudiya fuqarolari uçun vizani bekor qildi

1 dekabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Xitoy va Saudiya Arabistoni bilan özaro vizasiz rejimni joriy qiliş töğrisidagi farmonni imzoladi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Qayd etilişiça, 1 dekabr kuni Rossiya boş vaziri örinbosari Aleksandr Novak va Saudiya Arabistoni taşqi işlar vaziri Faysal Al Farxon Ar-Riyodda bölib ötgan Rossiya-Saudiya biznes forumida har ikki davlat pasporti egalari uçun vizani bekor qiliş töğrisidagi hukumatlararo kelişuvni imzolagan. 

Novakning aytişiça, vizasiz rejimni kuçga kiritiş uçun nota almaşiş va huquqiy tartib-taomillar yakunlanişi kerak. “Menimça, bu kelasi yil boşida amalda kuçga kiradi”, dedi u “Rossiya 24” telekanalida.

Ayni paytda Rossiya fuqarolari Saudiya Arabistoni vizasini onlayn tarzda yoki mamlakatga yetib kelgaç, aeroportda olişlari mumkin. Bu viza ularga yiliga 90 kungaça mamlakatda qoliş huquqini beradi.

Şu kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Xitoy fuqarolari uçun vizasiz rejim joriy etiş haqidagi farmonni ham imzoladi.“2026 yil 14 sentyabrgaça va şu jumladan, özaro munosabatlar tamoyilini inobatga olgan holda, Xitoy Xalq Respublikasi fuqarolari Rossiyaga kiriş va Rossiyada mehmon yoki xizmat safari, sayyoh sifatida 30 kundan ortiq bölmagan muddatda qoliş, ilmiy, madaniy, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va sport tadbirlarida qatnaşiş huquqiga ega”, deyiladi hujjatda.

Biroq öqiş, işlaş yoki jurnalistik faoliyat bilan şuğullanişni rejalaştirayotgan Xitoy fuqarolari uçun viza talabi saqlanib qoladi. 

Şuningdek, Xitoydan Rossiya orqali tranzit ötayotgan yölovçilar ham vizadan ozod etiladi.

Maʼlumot örnida, joriy yilning 2 sentyabr kuni Xitoy hukumati Rossiya fuqarolari uçun bir yil sinov muddati bilan mamlakatda 30 kunlik vizasiz sayohat qiliş imkonini beruvçi farmon çiqargandi.


Teglar:
×