Frontdagi vaziyat: Ukraina taktikani özgartirdi Hozirça front çiziği özgarişsiz qolmoqda, Ukraina qurolli kuçlari Rossiya armiyasining front ortiga zarba yöllaşga eʼtibor qaratmoqda.

Frontdagi vaziyat: Ukraina taktikani özgartirdi Hozirça front çiziği özgarişsiz qolmoqda, Ukraina qurolli kuçlari Rossiya armiyasining front ortiga zarba yöllaşga eʼtibor qaratmoqda.

Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi kotibi Oleksiy Danilov 4 iyul kuni Ukraina qurolli kuçlari qarşi hujumning hozirgi bosqiçida raqibning jonli kuçi va texnikalarini yöq qilişga urğu qaratgani, hududlar ozod etilişi esa RF qurolli kuçlari holdan toyişi ortidan röy berişini aytgandi. Köpçilik buni qarşi hujum «strategiyasi özgarişi» sifatida qabul qildi, boşqa ukrain siyosatçilari amaliyot oldindan şunday öylanganini taʼkidlamoqda.

Ammo agar strategiya özgarmagan bölsa ham, Ukraina qurolli kuçlari taktikasi özgartirilgani körinib turibdi: iyun oyi boşida ukrain armiyasi Rossiya mudofaa liniyasini zirhli tank bölinmalari bilan yorib ötişga urinayotgandi, oyning ikkinçi yarmidan esa Rossiyaning front orti hududlariga zarbalar berişga hamda RF qurolli kuçlarining mustahkamlangan punktlarini artilleriya tomonidan qöllab-quvvatlanayotgan piyodalar otryadlari bilan şturm qilişga eʼtibor qaratilmoqda. Sönggi kunlarning özida Rossiyaning front çiziğiga eng yaqin joylaşgan öq-dori omborxonalari, artilleriya, havo hujumidan mudofaa va radioelektron kuraş tizimlariga zarbalar berilgani aks etgan yuzdan oşiq videolar namoyiş etildi.

RF qurolli kuçlari ham şunday javob bermoqda: ukrainlarning front ortiga zarbalar iyun oyi boşidan buyon davom etmoqda. Endi bunga Rossiya qismlarining ham frontning turli uçastkalarida amalga oşirayotgan kiçik hujumlari qöşilgan — bundan maqsad ukrain zaxiralari mamlakat janubidagi va Baxmut atrofidagi asosiy zarba yönalişlariga yuborilişining oldini oliş hisoblanadi.

Baxmut

  • Hozirda har ikki tomonning ham Baxmut frontidagi qanotlarda jamlangan kuçlari son jihatdan mamlakat janubida jang qilayotgan tuzilmalardan köproq. Ukraina qurolli kuçlari bu yerda may oyidan buyon rossiyaliklarning pozitsiyalariga hujum qilmoqda, ammo faqat iyul oyi boşiga kelib Baxmutdan janubda Rossiya mudofaasining muhim nuqtasiga yetib keldi. Gap Kleşçiyevka qişloğidan ğarbdagi tepaliklar haqida bormqoda, bu yerda Ukraina qurolli kuçlari Rossiyaning keng kölamli bosqiniga qadar katta istehkomlar barpo etgandi. 2022 yil dekabrida bu pozitsiyalar «Vagner» XHK kuçlari tomonidan egallandi, bu esa Baxmutning janubiy hududlari tezda qulaşiga olib keldi. Endi ukrain kuçlari bu pozitsiyalarni qaytarişga harakat qilmoqda. 9 iyul kuni Ukraina qurolli kuçlari uşbu mustahkamlangan hudud yaqinida hujumga ötgani aks etgan video paydo bölgandi; uning natijasi hozirça nomaʼlum.
  • Kleşçiyevka va uning atrofidagi tepaliklar ozod qilinsa, Ukraina qurolli kuçlari Baxmutni janubdan örab olişga va RF qurolli kuçlarining Baxmutdagi guruhi taʼminoti amalga oşiriladigan Horlivka va Popasnayaga olib boruvçi yölni tösib qöyişga muvaffaq böladi.
  • Baxmut frontining şimoliy qanotida Ukraina QK şaharning şimoli-ğarbiy çekkalaridagi Berxovka qişloği va Yahidne posyolkasiga yana hujum qilmoqda. Ammo hozirça jiddiy yutuqlarga erişilmagan.

Orixiv yönalişi

Janubiy front markazida Ukraina qurolli kuçlari Orixiv şahri tomondan muhim yöllar kesişmasiga va RF qurolli kuçlarining Tokmakdagi front orti bazasiga yetib kelişga urinmoqda. Bu yönalişda birinçi nişon Rossiya armiyasining birinçi mudofaa liniyasi ötgan Rabotine posyolkasi bölib qolmoqda.

Sönggi kunlarda Ukraina qurolli kuçlari uşbu posyolkaga yaqinlaşib kelişgan. Ukrain piyodalari Orixiv — Tokmak yöli böyidagi birinçi qator xandaqlarini şturm qilib egallaşgan, ammo hozirça RF qurolli kuçlari mudofaasini yorib ötişga muvaffaq bölişmagan.

Boşqa yönalişlar

RF qurolli kuçlari ikkita yurişni taşkillaştirgan (katta ehtimol bilan, Ukraina qurolli kuçlari zaxiralarini band qiliş maqsadida). Rossiyaning yirik kuçlari Avdiyivkadan şimolda hujumga ötgan, bu yerda Rossiya armiyasi bungaça şahar va uning atrofidagi ukrainlarning yirik istehkomlarini qurşovga oliş uçun amalga oşirgan köp urinişlari samarasiz yakunlangandi. Janglar kimyo zavodi atrofida — Ukraina qurolli kuçlari nazorat qilayotgan texnogen tepaliklarni egallaş uçun keçmoqda. Katta ehtimol bilan, bu RF qurolli kuçlarining Baxmut egallanganidan keyin eng yirik (jalb etilgan kuçlar miqdori jihatidan) yurişi bölmoqda. Hujum natijalari hozirça aniq emas.

RF qurolli kuçlarining yana bir hujumi — kölami jihatdan Avdiyivkadagidan kiçikroq — Svatove yönalişida olib borilmoqda, bu yerda Rossiya kuçlari Ukraina qurolli kuçlari qişda ozod etgan Novoselovskoye qişloği va Kuzemovka temiryöl stantsiyasini egallaşga harakat qilmoqda. Hozirça Rossiya qöşini bu uçastkada qaysidir hududni egallaşga muvaffaq bölgani haqida maʼlum emas.

×