Ukraina Xorvatiya orqali don eksport qila boşladi

Ukraina Xorvatiya orqali don eksport qila boşladi

Ukraina öz qişloq xöjaligi mahsulotlarini Xorvatiyaning Örta Yer dengizidagi portlari orqali eksport qila boşladi. Bu haqda mamlakat Iqtisodiyot vaziri Yuliya Sviridenko xabar berdi.

“Ukraina donlari allaqaçon Xorvatiya portlari orqali eksport qilingan. Uşbu savdo yöli, garçi joy bölsada, allaqaçon maşhur. Biz transport koridori imkoniyatlarini kengaytirib, uni rivojlantirişga tayyormiz”, deydi u.

Sviridenkoning sözlariga köra, uşbu yönaliş mamlakatlar örtasidagi savdoda, jumladan, harbiy harakatlar tugaganidan keyin ham muhim rol öynaydi.

“Xorvatiya özini Örta Yer dengizining Markaziy Yevropaga kiriş eşigi sifatida köradi va şuning uçun biz portlarimizda, xususan, strategik portimiz Riyekada köproq imkoniyatlarni taklif qildik”, deydi Xorvatiya Boş vaziri Andrey Plenkoviç.

Uning qöşimça qilişiça, Xorvatiya hukumati Riyeka va Dunaydagi Vukovar porti örtasida temir yöl aloqasini rivojlantirmoqçi. Ularning orasidagi masofa töğri çiziqda 350 km dan ortiq.

Ukrainaning Dunayda bir neçta portlari bor – Reni va Izmail. Sönggi paytlarda ular hujumga uçragan.

Eslatib ötamiz, Rossiya tomoni 18 iyuldan boşlab don yölagi kelişuvi töxtatilişini maʼlum qilgandi. Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş kotibi Antoniu Guterriş, AQŞ Davlat kotibi Entoni Blinken va Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen Moskvaning bu qarorini qoraladi. 

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan va Rossiya yetakçisi Vladimir Putin örtasidagi uzoq vaqtdan beri kutilayotgan uçraşuv nihoyat 4 sentyabr kuni Soçida bölib ötdi. Bu uçraşuvni nafaqat Erdöğan, balki köplab dunyo yetakçilari, siyosatçilar közi tört bölib kutayotganining sababi esa don kelişuvi edi. Uşb u uçraşuvning töliq tafsilotlari bilan quyidagi maqolada tanişişingiz mumkin.


Teglar:
×