Donetsk va Lugansk respublikalari Ukraina Qurolli kuçlari pozitsiyasiga qarşi hujum boşladi

Donetsk va Lugansk respublikalari Ukraina Qurolli kuçlari pozitsiyasiga qarşi hujum boşladi

Mazkur operatsiyada harbiylar barça yöq qiliş vositalaridan foydalanişi aytilgan

Lugansk Xalq Respublikasining xalq militsiyasi vaqtinça bosib olingan hududni ozod qiliş operatsiyasi va artilleriya tayyorgarligi boşlanganini eʼlon qildi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

Maʼlum qilinişiça, ular faqat harbiy nişonlarga qarata öq uzadi, tinç aholiga nisbatan tahdid bölmaydi.

Şu bilan birga, Donetsk qöşinlari butun aloqa çiziği böylab Ukraina Qurolli kuçlari pozitsiyalariga zarba berayotgani maʼlum qilingan.

«DXR qöşinlari özida mavjud bölgan barça yöq qiliş vositalaridan foydalangan holda butun özaro aloqa çiziği böylab Ukraina Qurolli kuçlari pozitsiyasiga hujum qilmoqda», — degan u.

Maʼlumot uçun, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 24 fevral kuni ertalab Donbass respublikalari rahbarlarining murojaatiga javoban maxsus harbiy operatsiya ötkazişga qaror qilganini aytgan. Rossiya rahbarining taʼkidlaşiça, Moskva rejalarida Ukraina hududlarini bosib oliş yöq.

Rossiya Mudofaa vazirligi rus harbiylari Ukraina şaharlariga zarba bermasligi, harbiy infratuzilma yuqori aniqlikdagi vositalar yordamida işdan çiqqani haqida xabar bergan. Tinç aholiga heç narsa tahdid solmasligi qöşimça qilingan.

×