Agar Ğarb Ukrainaga yordam bermasa, çekinişga majbur bölamiz – Zelenskiy

Agar Ğarb Ukrainaga yordam bermasa, çekinişga majbur bölamiz – Zelenskiy

Vladimir Zelenskiy Ğarb davlatlari Ukrainani qöllab-quvvatlaşni töxtatsa, mamlakat qurolli kuçlari çekinişga majbur bölişini aytdi. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.

Naşrga köra, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uçraşuvda Isroil va HAMAS mojarosi boşlanganidan söng, Ğarb mamlakatlari Kiyev rejimiga eʼtiborsiz bölib qolganini aytib ötgan. 

“Hozir bor eʼtiborimizni Ğarbdan yordam olişga qaratganmiz. Ularning diqqati Yaqin Şarqdagi vaziyat va boşqa sabablarga köra bölingan. Ularning yordamisiz biz çekinamiz”, deya Zelenskiy sözlarini keltirgan “Bloomberg”.

Şuningdek, agentlik allaqaçon Ukraina hududida sovuq harorat hukm surayotgani, qurolli kuçlar qişki uruşga tayyor emasligini qöşimça qilgan. Unga köra, Kiyevda 155 millimetrli snaryadlarning keskin tanqisligi kuzatilmoqda, hozirda ularni yetkazib beriş sezilarli darajada kamaygan. Biroq Zelenskiy sönggi haftalarda ittifoqçilarni vaziyat önglanişiga işontirişga harakat qilmoqda.

Aytiş joiz, joriy yilning 16 noyabr kuni AQŞ Prezidenti Jo Bayden federal byudjetni vaqtinça moliyalaştiriş töğrisidagi qonun loyihasini imzolagandi. Unda Ukrainaga beriladigan yordam uçun mablağ ajratiş belgilanmagan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyevda Buyuk Britaniya Taşqi işlar vaziri Devid Kemeron bilan uçraşuvda Falastin-Isroil mojarosi boşlanganidan keyin dunyo Ukrainadagi harbiy amaliyotlarga u qadar eʼtibor qaratmaganini aytgandi.


×