Birlaşgan Arab Amirliklari Eronning mamlakat hududiga zarbalariga javoban Tehrondagi elçixonasini yopişga va diplomatik missiya rahbarini çaqirib olişga qaror qildi. Bu haqda BAA Taşqi işlar vazirligi matbuot xizmati öz veb-saytida xabar berdi.
“Birlaşgan Arab Amirliklari BAA hududiga qaratilgan Eronning raketa hujumlariga javoban Tehrondagi elçixonasini yopiş va Eron Islom Respublikasidagi elçisini, şuningdek, barça diplomatik missiya xodimlarini çaqirib olişini eʼlon qildi”, deyiladi bayonotda.
Vazirlik Eron turar-joy massivlari, aeroportlar, portlar va infratuzilma kabi fuqarolik hududlarini nişonga olayotganini taʼkidlagan. Islom Respublikasining harakatlari tinç aholini xavf ostiga qöyadi va “milliy suverenitetni va xalqaro huquqni qöpol ravişda buziş” hisoblanadi.
28 fevral kuni ertalab Isroil va AQŞning Eronga qarşi hujumlari boşlanganidan söng, Tehron Fors körfazi mamlakatlariga raketalar va dronlarni uçirdi. Eron hujumlar mintaqadagi Amerika bazalariga qaratilganini daʼvo qildi.
Keyinroq BAA Mudofaa vazirligi 165 ta ballistik raketa va 541 ta dronning uçirilganini aniqlaganini, ularning aksariyati uşlanganini maʼlum qildi.
Bitta dron Dubay aeroportiga zarba berdi va tört kişini jarohatladi. Boşqa bir dronning qoldiqlari dunyodagi eng baland mehmonxonalardan biri – Dubaydagi beş yulduzli Burj Al Arab minorasi yaqinida yöq qilindi.
Bundan taşqari, havo mudofaasi tizimlari tomonidan urib tuşirilgan yana bir dronning qoldiqlari Jebel Ali portidagi töxtaş joylaridan birida yonğinga sabab böldi. Bu Yaqin Şarqdagi eng yirik dengiz porti va dunyodagi eng yirik sunʼiy portlardan biridir. U Dubay markazidan taxminan 35 km janubi-ğarbda joylaşgan.









