23 iyun kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin hukumatning yoqilği böyiça murakkab vaziyat haqidagi hisobotini eşitdi va Ukraina Qurolli kuçlari hujumining oqibatlarini “nolga tuşiriş” uçun çoralar körişni talab qildi. Bu haqda u videokonferentsiya orqali hukumat bilan ötkazilgan yiğilişida söz oçdi.
Vladimir Putin mamlakatdagi yoqilği (benzin) bilan boğliq murakkab vaziyat haqida hisobotni eşitdi. U birinçi marta neftni qayta işlaş zavodlariga qilingan hujumlar sababli yuzaga kelgan benzin yetişmovçiligi haqida izoh bergan. Bundan taşqari, u Rossiya Ukraina bilan muzokaralarga tayyor ekanini aytgan.
Yiğiliş davomida boş vazir örinbosarlari Marat Xusnullin va Aleksandr Novak maʼruza qilgan. Marat Xusnullin hukumat hududlar bilan birga Qrimga yöllanmalar olgan turistlarga pul qaytariş va biznes zararlarini qoplaş böyiça çoralar işlab çiqayotganini aytgan.
Aleksandr Novak esa yoqilği bozoridagi vaziyat murakkab, lekin nazorat ostida ekanini bildirgan. Uning sözlariga köra, hukumat aholini benzin bilan taʼminlaş uçun barça çoralarni körmoqda. Bu çoralar orasida zavodlar quvvatini oşiriş, ularning rejalaştirilgan taʼmirlarini boşqa muddatga köçiriş va taʼmirlaş muddatlarini qisqartiriş bor.
Qrimda benzin sotuvi töliq töxtatildi
Putin bunga javoban, Kiyev rejimi yaratmoqçi bölgan tahdidlar imkoni qadar kamaytirilişi kerakligini aytgan. Uning fikriga köra, bu hujumlar frontdagi vaziyatga taʼsir qilmaydi, çunki Rossiya qöşinlari birin-ketin aholi punktlarini va hududlarni egallab olmoqda.
“Rossiyada bölayotgan holatlar aksinça, jangçilarning ruhiyatini kuçaytirib, ularga berilgan vazifalarni bajarişga undamoqda”, deyiladi xabarda.
Şuningdek, Putin yiğilişda Rossiya Ukraina bilan muzokaralarga tayyor ekanini aytgan, lekin faqat 2022 yilda Istanbulda erişilgan kelişuvlar asosida iş olib bormoqçi.
Istanbul kelişuvlari deganda 2022 yilda tayyorlangan, lekin yakunalmagan bitim loyihasi nazarda tutiladi. Unda Ukraina neytral davlat bölişi masalasi kötarilgan edi.
Bu kelişuv nega imzolanmagani haqida ikki xil fikr bor. Moskva Ukraina uni sobiq Britaniya boş vaziri Boris Jonson taʼsiri ostida rad etgan deydi. Jonson esa bu gapni yolğon deb atagan, Zelenskiy esa Ğarb xavfsizlik kafolat bermagani uçun rad etilganini aytgan.









