Mulklarni firibgarlik yöli bilan qölga kiritgan ayol qamoqdan ozod qilindi

Mulklarni firibgarlik yöli bilan qölga kiritgan ayol qamoqdan ozod qilindi

Jinoyat işlari böyiça Çust tuman sudining 2022 yil
18 yanvardagi hukmiga köra, X.D. 2020 yil avgustda takroran özgalarning işonçiga kirib, mulklarini firibgarlik yöli bilan qölga kiritgani sudda öz isbotini topgani sababli unga Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan 57-moddasi qöllanib, 3  yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlanib, sud zalida qamoqqa olingan. X.D.dan jabrlangan E.S.ga 26.540.000 söm moddiy zarar undiriş belgilangan.

Ozodlikdan mahrum qiliş jazosiga sudlangan X.D. sodir etgan qilmişidan çin köngildan puşaymonligini bildirgan va uning oila aʼzolari tomonidan jabrlangan S.E.ga yetkazilgan moddiy zarar töliq qoplangan.

Şu sababli X.D.ga oid jinoyat işi Çust tuman prokurori tomonidan berilgan apellyatsiya tartibidagi protest hamda X.D.ning özi tomonidan berilgan apellyatsiya şikoyatiga asosan 2022 yil 7 fevral kuni Namangan viloyat sudi jinoyat işlari böyiça sudlov hayʼati apellyatsiya instantsiyasida körib çiqildi.

Özbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 5-qismida, yetkazilgan moddiy zararning örni qoplangan taqdirda ozodlikni çeklaş va ozodlikdan mahrum qiliş tariqasidagi jazo qöllanilmasligi belgilangan.

Özbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004 yil
21 maydagi “Jazolarni liberallaştiriş töğrisidagi qonunni iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga nisbatan qöllaşning ayrim masalalari haqida”gi qarori 9-bandida, jinoyat oqibatida yetkazilgan moddiy zarar qoplangan taqdirda mahkumga nisbatan ozodlikdan mahrum qiliş yoki ozodlikni çeklaş tariqasidagi jazoning qöllanilişi istisno etilişi, şu munosabat bilan qonunning mazkur normalarida nazarda tutilgan şart bajarilgan hollarda tegişli apellyatsiya, kassatsiya instantsiyasi sudi, moddiy zarar qaysi sudlov bosqiçida qoplanganligidan qatʼi nazar, qamoqda saqlanayotgan şaxslarga nisbatan ehtiyot çorasi turini, ozodlikdan mahrum qiliş yoki ozodlikni çeklaş jazosini ötayotgan şaxslarga nisbatan esa, jazo turini özgartiriş masalasini darhol hal etişi şartligi haqida tuşuntiriş berilgan.

Apellyatsiya instantsiyasi sudida, X.D.ning jinoyati oqibatida jabrlangan E.S.ga yetkazgan zarari töliq qoplangani tasdiqlangani sababli sudlov hayʼati yuqorida qayd etilgan asoslarga köra,  X.D.ga oid sud hukmini özgartirib, unga nisbatan Özbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan JKning 57-moddasi qöllangan holda tayinlangan 3 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosini JKning 57-moddasini qöllab, jarima jazosiga özgartirib, X.D.ni darhol sud zalida qamoqdan ozod qildi.

Bumayram Babamirzayeva,

Namangan viloyat sudining sudyasi

×