Joriy yilning 27 iyun kuni Meksikada taşlab ketilgan krematoriydan (vafot etgan odamlarning jasadlari yuqori haroratda yoqiladigan joy) 381 kişining jasadi topildi. Bu haqda “La Jornada” gazetasi xabar berdi.
Maʼlumotlarga köra, Syuidad-Xuares şahridagi Granxas Polo Gamboa tumanida joylaşgan mazkur krematoriy aslida dafn marosimlari agentliklariga xizmat körsatgan, ammo jasadlarni yoqmagan, balki aldov yöli bilan yaqinlariga boşqa odamlarning kulini bergan.
“Içkaridan topilgan umumiy jasadlar soni 381 taga yetdi. Krematoriy dafn agentliklariga xizmat körsatgan, ammo bu jarayonda firibgarlikka yöl qöyilgan – jasadlar yoqilmagan, örniga boşqa odamlarning kuydirilgan qoldiqlari marhumlar deb berilgan”, deyiladi viloyat prokuraturasiga tayanib keltirilgan xabarda.
Gazetaning yozişiça, jasadlar beş-olti xonali, oddiy uyga öxşaş bino içida saqlangan va yuzlab jasadlar “jinoiy beparvolik” oqibatida töplanib qolgan.
Hozirda krematoriy egasi va uning bir xodimi qölga olingan. Ular inson qoldiqlariga nisbatan notöğri munosabat, sanitariya qoidalarini buziş, ruxsatsiz dafn va firibgarlik moddalari böyiça ayblanmoqda.
Tergov organlari hozirda uşbu krematoriy bilan hamkorlik qilgan dafn agentliklarining faoliyatini tekşirmoqda.
Maʼlumot uçun, krematoriy – bu maxsus bino yoki inşoot bölib, u yerda vafot etgan odamlarning jasadlari yuqori haroratda yoqiladi, yaʼni kuydiriladi. Bu jarayonga krematsiya deyiladi.
Krematoriy odatda maxsus peç (krematsion peç), kutiş va xayrlaşuv zallari, kulni saqlaş va topşiriş joylaridan iborat böladi.









