Naşida eşitgani uçun qamalgan talaba S.Rahmonqulov sud zalida qamoqdan ozod qilindi

Naşida eşitgani uçun qamalgan talaba S.Rahmonqulov sud zalida qamoqdan ozod qilindi

Jinoyat işlari böyiça Olmazor tuman sudining 2023 yil 30 yanvardagi hukmi bilan S. Rahmonqulov (2001 yilda Toşkent şahrida tuğilgan, Islom Karimov nomidagi Toşkent Davlat texnika universiteti 4-kurs talabasi, muqaddam sudlanmagan) Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlaş, saqlaş, tarqatiş yoki namoyiş etiş) 3-qismi “g” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan. Bugun Toşkent şahar sudining jinoyat işlari böyiça sudlov hayʼatida sudlanuvçi S. Rahmonqulovning himoyaçisi tomonidan keltirilgan apellyatsiya şikoyati asosida uşbu jinoyat işi apellyatsiya tartibida körib çiqildi.

Toşkent şahar sudining jinoyat işlari böyiça sudlov hayʼati apellyatsiya instantsiyasining 2023 yil 2 martdagi ajrimiga muvofiq birinçi instantsiya sudining hukmi özgartirilib, S. Rahmonqulovga tayinlangan 5 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi Jinoyat kodeksining 72-moddasi (şartli hukm qiliş) qöllanilgan holda şartliga özgartirilib, 2 yil sinov muddati belgilandi va u sud zalida qamoqdan ozod qilindi.

Şuningdek, Jinoyat kodeksining 62-moddasi (uşlab turiş, qamoqqa oliş yoki uy qamoği vaqtini hisobga oliş qoidalari) tartibida S. Rahmonqulovning 7 oy 9 kun qamoqda saqlanganligi inobatga olinib, asosiy jazodan çegirib taşlandi.

Albatta, sudyalar mustaqil, ular faqatgina qonunga böysunadilar. Şu maʼnoda jamoatçilikning keng muhokamasi emas, balki amaldagi qonunçiligimizda nazarda tutilgan adolat va şaxsni axloqan qayta tarbiyalaş singari tamoyillarga asoslangan holda sud şunday töxtamga kelganini taʼkidlaş joiz.

Sud jinoyat işini atrofliça örganar ekan, S. Raxmonqulovning öz qilmişiga iqror va puşaymonligi, unga nisbatan yengillik beriş haqidagi kafolat xatlarini inobatga olgan holda hamda insonparvarlik va odillik tamoyillariga asoslanib qaror çiqardi.

Mazkur ajrimdan norozi taraflar qonunçilikda belgilangan tartib va muddatda Oliy sudning Jinoyat işlari böyiça sudlov hayʼatiga kassatsiya şikoyati (protest) keltirişga haqli ekanligi maʼlum qilinadi.


×