Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent viloyati hokimining tayinlanganiga hali bir hafta ham bölmagan birinçi örinbosari Xolmirza Niyozov tonggi soat 07:00 ga yiğiliş çaqirgani aytilgan xabar tarqaldi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Matbuot xizmati bugun, 12 fevral kuni soat 07:00 da haqiqatan ham majlis ötkazilganini tasdiqladi.
Bugun ertalab uşbu vaziyatga aniqlik kiritiş uçun Davlat mehnat inspektsiyasi boşliği Qudratullo Odinayev Toşkent viloyati hokimligiga borgan.
Inspektsiya xodimlari soat 07:10 atrofida hokimiyat binosiga kirib borganda, majlis ötkazilayotganini aniqlagan. Biroq, yiğilganlar vazirlik vakillarini körişi bilan majlisdan çiqib ketgan.
Xabarga köra, mazkur holatda Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 49-moddasi 1-qismida körsatilgan maʼmuriy huquqbuzarlik alomatlari mavjud.
“Hurmatli yurtdoşlar, mehnat munosabatlariga oid murojaatlar yuzasidan Davlat mehnat inspektsiyasining 1176 qisqa raqamlariga, vazirlikning 71-200-06-00 işonç telefoniga hamda www.dmi.mehnat.uz saytiga murojaat qiling. Şaxsingiz sir saqlanişi kafolatlanadi”, deyiladi xabarda.
Qayd etiş kerak, bu xodimlarning iş vaqtidan boşqa soatlarda majlis ötkazilayotgani bilan boğliq birinçi holat emas.









