Hujjati bölmagan yer uçastkalarini rasmiylaştiriş yakunlanadi

Hujjati bölmagan yer uçastkalarini rasmiylaştiriş yakunlanadi

Kadastr agentligi tomonidan Milliy geoaxborot tizimida oçiq maʼlumotlar asosida ommaviy geoportal yuritiladi va u 2023 yil 1 yanvarga qadar işga tuşiriladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining keça, 18 oktyabr kuni qabul qilingan “Köçmas mulkka bölgan huquqlarning hisobini yuritişda şaffoflikni taʼminlaş, şuningdek, kadastr sohasidagi ayrim maʼmuriy tartib-taomillarni takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorida belgilandi.

Qarorga köra, köçmas mulk obʼektlariga kadastr yiğmajildini tayyorlaş işlari faqat axborot tizimi orqali elektron tarzda amalga oşiriladi.

2024 yil 1 yanvarga qadar davlat organlari va taşkilotlari, şuningdek, fuqarolarning özini özi boşqariş organlari amalda foydalanib kelayotgan, biroq yer ajratiş haqida qaror qabul qilinmagan yer uçastkalarini rasmiylaştiriş işlari yakunlanadi.

Davlat kadastrlarini yurituvçi vakolatli organlar 2022 yil oxiriga qadar özlarining maʼlumotlar bazalari axborot tizimiga töliq integratsiya qilinişi taʼminlanadi.

Malaka şahodatnomasiga ega bölgan kadastr muhandislari axborot tizimidan foydalanilganligi uçun har oyda BHMning bir baravari miqdorida tölov amalga oşiradi.

Oçiq maʼlumotlar ommaviy geoportal orqali davlat boşqaruvi organlariga bepul, jismoniy şaxslar, xöjalik birlaşmalari va boşqa yuridik şaxslarga tölov evaziga taqdim etiladi.

Köçmas mulkka bölgan huquqlarning davlat reyestridagi yer uçastkasi kadastr raqami, uning manzili va undan foydalaniş maqsadi töğrisidagi maʼlumotlarni foydalanuvçilar tomonidan bepul oliş imkoniyati yaratiladi.


×