Toşkent şahar IIBB yana “qovun tuşirdi”

Toşkent şahar IIBB yana “qovun tuşirdi”

18 iyun kuni Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasining internet sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida “Toşkent şahar IIBB har doim yordamga tayyor” nomli xabar tarqatildi. Unda xodimlari aholi bilan muloqot qilayotgani tasvirlangan suratlar ham ulaşilgan. Suratlardan fuqarolarning yuzlari ularning şaxsini oşkor etmaslik maqsadida xiralaştirilgan. Surat ostiga esa quyidagi matn ilova qilingan:

“Poytaxt IIBB xodimlari “Saxovat va kömak” harakatida faol iştirok etmoqdalar. Yaqinda Yaşnobod tumani IIO FMB xodimlari boşliq podpolkovnik Toxirjon Zuparov boşçiligida tumanda yaşovçi va moddiy yordam hamda ijtimoiy kömakka muhtoja önta oiladan xabar olib, ularga oziq-ovqat töplamlarini topşirdilar. Yordam olgan fuqarolar orasida keksalar, jismoniy imkoniyatlari çeklangan insonlar, kam taʼminlanganlar bor edi. Hamyurtlarimizni qöllab-quvvatlaş böyiça olib borilayotgan işlar davom etmoqda”.

Poytaxt IIBB xodimlarining saxovatli işlarga boş-qoş bölayotgani tahsinga loyiq, ammo bular közböyamaçilik emasmi? IIBBdagilar odamlarni yo ahmoq deb öylaydi çoği. Suratlarda IIBB xodimlari göyo niqob taqqan holatda odamlar bilan muloqot qilayotganini köriş mumkin. Ammo haqiqiy holat bunday bölmagan. Suratdagi niqob fotoşop dasturi orqali IIBB xodimlari yuziga qöndirib çiqilgan. Buni rasmlarni sinçkovlik bilan kuzatganlar yaxşi payqaydi. 

Voqea joyida na IIBB xodimlari va fuqarolar niqob taqqan. Yuqoridagi suratga yaxşilab eʼtibor qiling. IIBB xodimining ortidagi oyna hammasini foş qilgan. Fotoşopçilar oynadagi aksga maska qöndirişni unutgan. 

Xöş, endi savol: bu bilan kimni aldayapsiz? Karantin qoidalariga rioya qilmagan minglab odamlarni jazolaş, jarimaga tortişga yetgan farosatingiz şunga kelganda yetmaydimi yo sizga kelganda qonun deganlari çetga çiqadimi? Butun boşli odam ölib ketayotganda maska taqmaslik katta ayb bölibdimi...

Şu kunlarda mamlakatda koronavirus bilan boğliq vaziyat jiddiy tus olmoqda. Davlat rahbari keça ötgan videoselektorda ham niqob taqiş, qölni tez-tez yuviş, gigiyenik vositalardan foydalaniş, ijtimoiy masofa saqlaş masalasiga alohida töxtaldi. Buni nazorat qiliş esa hamon IIV gardanida. Ammo ulardagi xodimlarning özi közböyamaçilik qilsa, Prezidentni, xalqni aldaşga urinsa, dodingni kimga aytasan?

×