Toşkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Nurafşon şahrida Zulfiya Zokirova nomiga haykal majmuasini quriş va atrofini obodonlaştiriş hamda Nurafshon Business City hududida zamonaviy kutubxona binosining qurilişini bekor qildi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Hokim farmoyişi bilan viloyat mahalliy byudjetining 2021 yil III çorak yakuni bilan şakllangan daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismi hisobidan viloyat hokimining (sobiq hokim Davron Hidoyatov) 2021 yil 3 noyabrdagi 179-10-0-F/21-sonli farmoyişiga muvofiq ajratilgan 34 400 000,0 ming (öttiz tört milliard tört yuz million) söm viloyat mahalliy byudjetiga tiklandi.
Viloyat hokimining 2021-yil 3-noyabrdagi 179-10-0-F/21-sonli farmoyişi öz kuçini yöqotgan deb topildi.
Byudjetga tiklangan mablağlarning 1 650 000,0 ming (bir milliard olti yuz ellik million) sömi viloyatdagi nogironligi bölgan, kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning uy-joylarini taʼmirlaş uçun viloyat “Saxovat va kömak” jamğarmasiga ötkazib beriş maqsadida viloyat hokimligiga ajratildi.









