Elektr energiyasidagi uzilişlar isteʼmolning keskin ortişi tufayli yuzaga kelgan – vazirlik

Elektr energiyasidagi uzilişlar isteʼmolning keskin ortişi tufayli yuzaga kelgan – vazirlik

Elektr energiyasi taʼminotidagi uzilişlarning asosiy sababi — havo haroratining sovib ketişi yoki isib ketişi natijasida elektr energiyasi isteʼmolining keskin ortişi tufayli yuzaga kelgan. Bu haqda Energetika vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilişiça, har qanday energiya tizimida uning barqaror işlaşi uçun har qanday vaqtda isteʼmol va işlab çiqariş örtasidagi energiya muvozanati (balansi) taʼminlanişi muhim.

Uşbu jarayon isteʼmolçilarga elektr energiyasini işonçli va uzluksiz yetkazib beriş va energiya tizimining muammosiz işlaşini taʼminlaş nuqtai nazaridan juda muhimligi va elektr energiyasiga bölgan ehtiyojning keskin ortişi (yozda jazirama issiq mavsumidagi yoki qahraton qiş mavsumidagi sovuq ob-havoda) kuzatilgan paytda hatto rivojlangan mamlakatlarda ham isteʼmol va işlab çiqariş örtasidagi energiya balansini taʼminlaş juda qiyin vazifa bölib qolayotganligi taʼkidlab ötildi.

Energiya balansini taʼminlaş mumkin bölmagan holatlarda, hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining dispetçerlik boşqarmasi isteʼmolçilarning bir qismini reja jadvaliga muvofiq çeklovlar örnatişga majbur böladi. Uşbu grafiklar, qoida tariqasida, past kuçlanişli (0,4 kV, 6 — 10 kV) taqsimlaş elektr tarmoqlarini öz içiga oladi.

Bu harakatlar mamlakat energetika tizimida yuzaga kelişi mumkin bölgan yirik avariyalarning oldini olişga qaratilgan. Bu esa elektr energiyasini keçayu-kunduz muntazam ravişda monitoring qilib boriş va dispetçer nazoratining öz vaqtida javob beriş imkonini beradi.

“Bunda katta avariyalarni va butun mamlakatda isteʼmolçilar elektr energiyasi taʼminotidan uzilişini oldini oliş uçun elektr energiyasi taʼminotida çeklovlar joriy etilişiga majburan olib keladi. Dispetçerlik markazi tomonidan energotizimda muvozanat saqlaş jarayoni öz vaqtida taʼminlamasa, tizimdagi „zöriqiş“ turli yirik avariyalarga sabab bölib, katta-katta hududlarda uzoq vaqt elektr energiya bölmasligiga olib keladi”, deya anikliq kiritgan Energetika vazirligi matbuot xizmati.

×