Töraqörğon IESning 2 ta energobloki avariyaviy töxtaşi natijasida mazkur stantsiya orqali energotizimga yetkazib berilayotgan quvvat 600 MVtga kamaygan edi.
Energetika vazirligi matbuot xizmatiga köra, avariyaga qarşi tezkor brigada tomonidan nosozlik yuzaga kelgan mazkur IESning 1- va 2-energoblokining töliq quvvatda işlaşi taʼminlandi.
Şuningdek, isteʼmolçilar ehtiyojini taʼminlaş uçun Taxiatoş IESning quvvati 280 MVt bölgan 1-energobloki hamda Tolimarjon IESda quvvati 450 MVt bölgan 2-energobloki ham töliq quvvatda işlaşi taʼminlandi.









