Farmon bilan Yangi Özbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oşiriş jarayonida orttirilgan tajriba va jamoatçilik muhokamasi natijalari asosida işlab çiqilgan «Özbekiston – 2030» strategiyasi tasdiqlandi.
«Özbekiston – 2030» strategiyasida quyidagi asosiy ğoyalar aks ettirilgan:
- barqaror iqtisodiy ösiş orqali daromadi örtaçadan yuqori bölgan davlatlar qatoridan örin oliş;
- aholi talablariga va xalqaro standartlarga töliq javob beradigan taʼlim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini taşkil qiliş;
- aholi uçun qulay ekologik şaroitlarni yaratiş;
- xalq xizmatidagi adolatli va zamonaviy davlatni barpo etiş;
- mamlakatning suvereniteti va xavfsizligini kafolatli taʼminlaş.
«Özbekiston – 2030» strategiyasini amalga oşiriş va uning maqsadli körsatkiçlariga erişiş barça davlat organlari va taşkilotlari faoliyatida eng ustuvor vazifa etib belgilandi hamda bu böyiça ularning birinçi rahbarlariga şaxsiy masʼuliyat yuklandi.
«Özbekiston – 2030» strategiyasini amalga oşiriş böyiça Respublika komissiyasi tarkibi tasdiqlandi.
Respublika komissiyasi (A.Aripov) zimmasiga:
a) Özbekiston – 2030» strategiyasining töliq, öz vaqtida va sifatli bajarilişini taşkil etiş, şuningdek, uni amalga oşiriş böyiça tegişli yillik dasturlarni tayyorlaş va ijrosini muvofiqlaştiriş;
b) Özbekiston – 2030» strategiyasi doirasidagi islohotlar böyiça tadbirlarning aholi tomonidan bildirilgan fikr va taşabbuslar asosida sifatli amalga oşirilişi, belgilangan körsatkiçlarga erişilişini nazorat qilib, natijasi yuzasidan har yarim yilda Özbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot kiritilişini taʼminlaş;
v) ikki oy muddatda:
- Yangi Özbekiston taraqqiyot strategiyasining joylarda amalga oşirilişi natijalari tanqidiy örganilişini;
- aholi örtasida Yangi Özbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oşiriş natijalari keng muhokama qilinişi, fuqarolarning mazkur masala böyiça takliflari tizimlaştirilgan holda tahlil etilişini;
- ötkazilgan örganişlar natijasiga köra, Yangi Özbekiston taraqqiyot strategiyasida belgilangan maqsad va vazifalarni röyobga çiqarişga tösqinlik qilayotgan tizimli omillarni aniqlaş va Özbekiston – 2030» strategiyasini amalga oşiriş doirasida ularning oldini oliş böyiça aniq çoralar körilişini taʼminlaş vazifalari yuklandi.
«Özbekiston – 2030» strategiyasi – xalq strategiyasi» şiori ostida belgilangan islohotlarning izçil, sifatli va öz vaqtida bajarilişi yuzasidan samarali jamoatçilik nazoratini örnatiş maqsadida «Taraqqiyot strategiyasi» markazi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda «Özbekiston – 2030» strategiyasi ijrosining taʼminlaniş darajasi, unda belgilangan islohotlarning sifatli amalga oşirilişini aholi tomonidan har bir maqsad va undagi körsatkiçlar kesimida baholaş, ular yuzasidan öz fikrlarini qoldiriş va taşabbuslar bildiriş imkoniyatini yaratuvçi onlayn portalni işga tuşirişi belgilandi.
Har oyda baholaş natijalari va aholidan kelib tuşadigan fikr-mulohazalar umumlaştirilib, Respublika komissiyasiga taqdim etib boriladi.









