2024 yil 1 yanvardan hisoblagiçlarsiz yerosti suv oliş inşootlaridan foydalaniş taqiqlanadi. Bu haqda AOKAda ötkazilgan brifingda Toğ-kon sanoati va geologiya vazirligi boşqarma boşliği Nurbek Pölatov maʼlum qildi.
Unga köra, respublikaning 7 ta viloyati 21 ta tumanida yerosti suvlari sathining 5 metr va undan ortiq pasayib ketiş holatlari qayd etilib, mazkur hududlarda suvga quduq burğilaş va ulardan foydalaniş böyiça moratoriy joriy etilgan.
Moratoriy joriy etilgan hududlar yerosti suvlari holatidan kelib çiqib, har yili yangilab boriladi hamda vazirlikning veb-sayti va boşqa oçiq manbalarda eʼlon qilinadi.
Yerosti suvlari sathining örtaça köp yillik sathga nisbatan 5 metrdan ortiq pasayib ketgan hududlarda yerosti suvlaridan faqat içimlik maqsadida foydalaniş mumkin.
Bunda, yerlarni suğoriş va işlab çiqariş maqsadlariga gidrogeologik xulosa beriş, yerosti suvlariga quduqlarni burğilaş hamda mavjud quduqlardan yerlarni suv tejovçi texnologiyalarsiz suğoriş taqiqlanadi.









