Maktab uçun yangi bino quriladi

Maktab uçun yangi bino quriladi

Prezident Şavkat Mirziyoyev poytaxtimizning Mirzo Uluğbek tumanidagi mehnat taʼlimiga ixtisoslaştirilgan davlat umumtaʼlim maktabini borib kördi.

Bu muassasa 1976 yilda qurilgan bölib, 1 ming 178 öringa möljallangan. Lekin bugungi kunda öquvçilar soni bunga nisbatan köp. Bino va jihozlar ham eskirgan.

Davlatimiz rahbari sinfxonalar, sport zali va oşxonani közdan keçirdi. Maktab uçun yangi bino quriş, yoşlarga hunar örgatiş, amaliyot darslarini korxonalarda taşkil etiş böyiça körsatmalar berdi.

– Hamma joyda zamonaviy korxonalar oçilayapti, investitsiya loyihalari amalga oşirilayapti. Ularni yuritadigan salohiyatli kadrlar kerak bizga. Şuning uçun ham muallim va maktablarga, taʼlim sifatini yaxşilaşga alohida eʼtibor berayapmiz. Salohiyatli kadrlar raqobatni paydo qiladi. Qayerdaki raqobat bölsa, öşa joyda rivojlaniş böladi, – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari şu yerda ommaviy axborot vositalari vakillari bilan ham suhbatlaşdi.

Muloqotda tibbiyot va maktab taʼlimini rivojlantirişga qaratilayotgan ustuvor eʼtibor, hokim yordamçilari faoliyatining mazmun-mohiyati, ular vaqt ötgaç, pastdagi muammolarni öz boşidan ötkazgan, salohiyatli kadrga aylanişi, şu orqali katta kadrlar zaxirasi şakllantirilişi haqida söz bordi.

×