Jizzax viloyati Döstlik tumanining “Manas” qişloq fuqarolar yiğinidagi oçiq daladan egizak çaqaloqlar jasadi topildi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabar qildi.
Xabarda yozilişiça, uşbu mahallada istiqomat qiluvçi 46 yoşli Ö.R. “Oqoltin ostonasi körki” fermer xöjaligi hududidagi beton ariq yonidan sumka içida qora rangli polietilen paketga solingan egizak öğil çaqaloqlarni ölik holda topib olgan. Söngra hudud profilaktika inspektorining jamoat tartibini saqlaş böyiça yordamçisiga xabar qilgan.
“Ekspertiza xulosasiga köra çaqaloqlar 20-21 haftalik kam vaznli bölib tuğilgan”, - deyilgan xabarda.
Tezkor suriştiruv işlari natijasida topilgan çaqaloqlarni öşa yerda istiqomat qiluvçi turmuşga çiqmagan 22 yoşli X.G. dunyoga keltirib, taşlab ketgani aniqlangan.









