Davlat statistika qömitasi tomonidan Özbekiston hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarida keça, 30 iyun kuni kuzatuv ötkazildi. Bu haqda qömita Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uning natijalari böyiça sabzining minimal-maksimal narxlari quyidagi körinişga ega böldi:
Kuzatuv natijasiga köra, sabzi mahsulotining minimal narxi Buxoro şahrining “Buxoro markaziy dehqon bozori” va Navoiy şahrining “Saxovat bozori”da (4 ming söm) qayd etilgan. Şu bilan birga, mazkur bozorlarda sabzini maksimal 6 ming – 8 ming sömdan ham xarid qiliş mumkin.
Yangiyöl şahrining “Ixtisoslaşgan Yangiyöl şaxar dehqon bozori” hamda Toşkent şahrining “Farhod dehqon bozori”da sotuvdagi tozalangan va saralangan sabzining narxi maksimal narx sifatida (12 ming söm) qayd etildi. Şu bilan birga, mazkur bozorlarda sabzini minimal 7 ming – 9 ming sömdan xarid qiliş mumkin.
Xabarga köra, narxlarni röyxatga oluvçi tomonidan kuzatuv ötkazilgan kun va vaqtdagi narx-navo qayd etilib, bunda vaqt va joyiga qarab narxlar özgarib turadi. Mazkur maʼlumotlarning şakllanişi jarayonida, faqatgina dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan (supermarket, minimarket, dökonlardagi narxlar inobatga olinmagan).









