MAʼMURIY SUDLARDA PROTSESSUAL QONUN NORMALARINI QÖLLANIŞI

MAʼMURIY SUDLARDA PROTSESSUAL QONUN NORMALARINI QÖLLANIŞI

Mamlakatimizda qonun ustuvorligini taʼminlaş, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini röyobga çiqariş va jamiyatda adolatni qaror toptirişda odilsud alohida örin tutişini eʼtiborga olgan holda, sud-huquq sohasini tubdan isloh etişga qaratilgan keng qamrovli islohotlar amalga oşirildi.

Prezidentimizning 2020 yil 24 iyuldagi “Sudlar faoliyatini yanada takomillaştiriş va odil sudlov samaradorligini oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlari töğ­risida”gi Farmoni qabul qilinişi sud-hu­quq­ islo­hat­larining yangi bosqiçini amalga oşirişning huquqiy asosini yaratdi.

Uşbu islohotlarni amalga oşiriş uçun kuni keça tegişli qodekslarga qöşimça va öz­gartirişlar kiritiş böyiça Özbekiston Respublikasi qonunlari qabul qilindi.

Jumladan, “Sud qarorlarini qayta köriş instituti takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud işlarini yuritiş töğrisidagi kodeksiga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqida”gi 2021 yil 12 yanvarda Özbekiston Respublikasi qonuni qabul qilingan.

Unga köra, Maʼmuriy sud işlarini yuritiş töğrisidagi kodeksga tegişli qöşimça va özgartirişlar kiritilib, endilikda işda iştirok etuvçi şaxslar, şuningdek işda iştirok etişga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari töğrisida sud hal qiluv qarori qabul qilgan şaxslar birinçi instantsiya sudining qonuniy kuçga kirmagan hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya şikoyati berişga, prokuror esa apellyatsiya protesti keltirişga haqli.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subʼektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça vakil birinçi instantsiya sudining qonuniy kuçga kirmagan hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya şikoyati berişga haqlidir, bundan tadbirkorlik faoliyati bilan boğliq bölmagan nizolar mustasno.

Apellyatsiya şikoyati (protesti) tumanlararo maʼmuriy sudning hal qiluv qarori ustidan berilganda — Qoraqalpoğiston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyatlar va Toşkent şahar maʼmuriy sudlari tomonidan;

hududiy harbiy sudning hal qiluv qarori ustidan berilganda — Özbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan;

Qoraqalpoğiston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyatlar va Toşkent şahar maʼmuriy sudlari, Özbekiston Respublikasi Harbiy sudi, şuningdek Özbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan birinçi instantsiya böyiça qabul qilingan hal qiluv qarori ustidan berilganda — Özbekiston Respublikasi Oliy sudining Maʼmuriy işlar böyiça sudlov hayʼati tomonidan köriladi.

Agar qonunda boşqa muddat belgilanmagan bölsa, apellyatsiya şikoyati (protesti) hal qiluv qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran bir oy içida berilişi mumkin.

Işda iştirok etuvçi şaxslar, şuningdek işda iştirok etişga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari töğrisida sud hal qiluv qarori qabul qilgan şaxslar birinçi instantsiya sudining apellyatsiya tartibida körilgan hal qiluv qarori va apellyatsiya instantsiyasi sudining qarori ustidan kassatsiya şikoyati, Özbekiston Respublikasi Boş prokurori, Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyat va Toşkent şahar prokurori yoki ularning örinbosarlari esa kassatsiya protesti berişga haqli.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subʼektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça vakil birinçi instantsiya sudining apellyatsiya tartibida körilgan hal qiluv qarori ustidan kassatsiya şikoyati berişga haqlidir, bundan tadbirkorlik faoliyati bilan boğliq bölmagan nizolar mustasno.

Birinçi instantsiya sudining apellyatsiya tartibida körilgan hal qiluv qarori va apellyatsiya instantsiyasi sudining qarori ustidan berilgan kassatsiya şikoyati (protesti) Özbekiston Respublikasi Oliy sudining Maʼmuriy işlar böyiça sudlov hayʼati tomonidan köriladi.

Kassatsiya şikoyati (protesti) bevosita Özbekiston Respublikasi Oliy sudining Maʼmuriy işlar böyiça sudlov hayʼatiga beriladi.

Kassatsiya şikoyati (protesti) apellyatsiya instantsiyasi sudining qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran bir yil içida berilişi mumkin.

Mazkur özgartirişlar, öz navbatida, fuqarolarning ortiqça ovoragarçiliklari oldini oladi. Odil sudlovga erişiş imkoniyatlarini kengaytirişga, sudning çinakam mustaqilligini, taraflarning sudda tortişuvçanlik va tengligi tamoyilini töliq taʼminlaşga, investorlar hu­quq­larining işonçli sud himoyasida bö­lişini taʼminlaşga, bir söz bilan aytganda, qonun ustuvorligi va odil sudlov samaradorligi böyiça xal­qaro reyting­larda mamlakatimiz nufuzi oşişiga xizmat qiladi.

Odiljon Turdiyev,

Namangan viloyat
maʼmuriy sudi
sudyasi

×