Telekanallardagi kapital şoular taşkilotçilari jinoiy javobgarlikka tortilişi mumkin

Telekanallardagi kapital şoular taşkilotçilari jinoiy javobgarlikka tortilişi mumkin

Davlat va nodavlat telekanallar orqali namoyiş etilayotgan xorijiy seriallar, tavakkalçilikka asoslangan turli teleşoular urfga aylandi. Bu jarayon, ayniqsa, voyaga yetmagan yoşlar ongi, tafakkuriga salbiy taʼsir körsatmoqda. Bu haqda “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi markaziy kengaşi, Konunçilik palatasidagi partiya fraktsiyasi tomonidan taşkil etilgan davra suhbatida taʼkidlandi. “Boriga baraka”, “Omad şou”, “Millioner şou”, “Oltin kalit” kabi şou körsatuvlar zamirida mehnat qilmasdan oson pul topiş, özgalarning hisobidan bir zumda boyib ketiş kabi çalğituvçi ğoyalar mujassam. Partiya qaysidir toifaga daromad keltiradigan, vaqtinçalik kayfiyatni kötarişdan nariga ötolmaydigan saviyadagi teleloyihalarni ommalaştirişni “ommaviy madaniyat”ni rağbatlantiriş bilan barobar, deb biladi. 2007 yil 1 sentyabrdan boşlab Özbekiston hududida qimor öyinlarini va tavakkalçilikka asoslangan boşqa öyinlarni (şu jumladan, totalizatorlar) taşkil etiş va ötkaziş (tirajli, bir lahzali va raqamli lotereyalardan taşqari) taqiqlangan. Şuningdek, qimor öyinlarini va tavakkalçilikka asoslangan boşqa öyinlarni taşkil etiş va ötkaziş uçun telekommunikatsiya tarmoqlarida, şu jumladan, internet tarmoği provayderlari tomonidan xizmatlar körsatiş, mamlakatimiz hududiga pul yutuğiga ega bölgan öyin avtomatlarini olib kiriş man etilgan. Bu Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 16 avgustdagi “Qimor öyinlarini taşkil etiş va ötkazişni yanada tartibga soliş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorida belgilab qöyilgan.  Davlat va xususiy telekanallarda efirga uzatilayotgan turli kapital şoular yuqoridagi qaror talabiga javob beradimi? Buni aniqlaş uçun barça kapital şoularni ekspertlar baholab berişi kerak. Agarda öşa teleşoular tavakkalçilikka asoslangani va qimor 

×