Namanganlik Ayol IIB xodimini pogonini yulib oldi (video)

Namanganlik Ayol IIB xodimini pogonini yulib oldi (video)

Şu yilning 14 aprel kuni Namangan şahrida “Malibu” rusumli avtomaşinasidagi fuqaro “Oromgoh” mahalla fuqarolar yiğinida faoliyat yurituvçi “Oromgoh” blok postiga kelganda, bu yerda xizmat olib borayotgan içki işlar organlari xodimlari unga karantin qoidalarini buzganligini aytişib, holatni rasmiylaştirişga kirişadilar. Haydovçi qonuniy talablarga böysuniş örniga ularni haqoratlab, janjal qila boşlaydi va faol qarşilik körsatadi. Avtomobil jarima maydoniga olib ketiladi.

Endi voqeaga haydovçining turmuş örtoği aralaşadi. U özini ming köyga solib, janjal qiladi, özini maşina tagiga taşlayman, deb qörqitadi. Şu bilan birga hududiy profilaktika inspektorini haqoratlab, uning pogonlarini yulib oladi.

Uşbu holat yuzasidan haydovçi va uning turmuş örtoğiga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştirildi. Hozirda Namangan şahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.

×