Avvalroq, joriy yilning 13 yanvaridan 14 yanvarga ötar keçasi poytaxt Toşkentdagi “Xalqlar döstligi” sanʼat saroyi qarşisidagi maydonga 14 yanvar – Vatan himoyaçilari kuni munosabati bilan namoyişga qöyilgan harbiy texnika (avtomobil)lardan biri yonib ketgani haqida xabar bergan edik. Ijtimoiy tarmoqlarda harbiy texnikaning yonayotgani aks etgan video ham paydo böldi. Uşbu holatga Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi munosabat bildirdi.
“Joriy yilning 13 yanvar kuni soat 22:20 larda “Xalqlar döstligi” sanʼat saroyi maydoniga 14 yanvar – Vatan himoyaçilari kuni munosabati bilan harbiy texnikalar körgazmasiga olib çiqilgan Milliy gvardiyaning yengil zirhli texnikasining salon qismida qisqa tutaşuv natijasida yonğin kelib çiqqan.
Yonğin qisqa vaqtda töliq bartaraf etilgan. Sodir bölgan hodisa natijasida fuqarolarga jabr yetkazilmagan.
Hozirda yonğin kelib çiqiş sababi örganilmoqda”, deyiladi MG bayonotida.









