Toşkentda avtokran yonib ketdi, haydovçi voqea joyida halok böldi

Toşkentda avtokran yonib ketdi, haydovçi voqea joyida halok böldi

Sergeli tumanidagi 8-sonli quriliş uçastkasida avtokran alanga oldi.

 Sergelida tumanidagi qurilişda yuz bergan yonğinda bir kişi halok böldi. Bu haqda Toşkent şahar Yonğin xavfsizligi boşqarmasi xabarqilmoqda.

“12.07.2019 yil kuni soat 11:49da, Sergeli tumani, 8-sonli quriliş uçastkasida avtokran yongan. Yonğin öçiriş jangovar bölinmalari çaqirilgan manzilga soat 12:00da yetib borgan va körilgan tezkor çora va harakatlar natijasida yonğin soat 12:34 öçirilgan. Yonğin joyiga 2 ta yonğin öçiriş texnikasi jalb qilingan”, - deyiladi xabarda.

Elektr jarohati oqibatida avtokran haydovçisi vafot etgan.

Yonğin avtokran öqini (strela) yuqori kuçlanişdagi elektr simlarga tegişi oqibatida sodir bölgani taxmin qilinmoqda.

Hozirda yonğindan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Qaşqadaryoda “KAMAZ” tirkamasida yongan somon bir kişining umriga zomin bölgani xabar qilingan edi.

×