Bugun, 14 dekabr kuni Toşkentda Mercedes Benz rusumli yölovçi taşuvçi avtobus yonib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Yonğin soat 15:21 da Sergeli tumani “Döstlik-1” dahasida 47-yönaliş böyiça harakatlanayotgan Mercedes Benz rusumli avtobusda yuz bergan.
Tuman Favqulodda vaziyatlar bölimiga tegişli xabar tuşgaç, 2 ta yonğin-qutqaruv ekipaji soat 15:25 da voqea joyiga yetib borib, yonğin soat 15:34 da öçirilgan.
Yonğin oqibatida avtobusning orqa salon qismi yonib zararlangan. Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bölganlar yöq.
Hozirda mutaxassislar tomonidan yonğin sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.









