iPhone’da firibgarlarga qöl keluvçi jiddiy muammo topildi

iPhone’da firibgarlarga qöl keluvçi jiddiy muammo topildi

iPhone smartfonlarida tajovuzkorlarga şaxsiy foydalanuvçi maʼlumotlarini öğirlaş imkonini beruvçi jiddiy muammo aniqlandi. Bu haqda “Mydrivers” xabar bermoqda.  

Taʼkidlanişiça, muammo kiberxavfsizlik uçun dasturiy taʼminotni işlab çiqiş bilan şuğullanuvçi ZecOps kompaniyasida aniqlangan. NoReboot deb nomlangan dastur smartfonni öçiriş yoki qayta işga tuşirişni taqlid qiladi. Uşbu rejimda kiruvçi qönğiroqlar va xabarlar bildirişnomalari, tebraniş, ekran va kamera indikatori işlamaydi. Displeyda foydalanuvçini çalkaştirib yuboriş uçun qurilmani yoqiş animatsiyasi aks etadi. 

Soxta öçiriş holatida tajovuzkor iPhone mikrofoni va kamerasiga, şuningdek, smartfonda saqlangan şaxsiy maʼlumotlarga masofadan kiriş huquqiga ega böladi. Foydalanuvçi bu haqda bildirişnoma olmaydi. 

ZecOps maʼlumotlarga köra, uşbu muammoni hali bartaraf etib bölmaydi. Muammo iOS’ning istalgan versiyasiga ega barça iPhone’larga taʼsir qiladi. 

×