Respublikaning 21 tumani xavfli muammo qarşisida turibdi (infografika)

Respublikaning 21 tumani xavfli muammo qarşisida turibdi (infografika)

Respublikaning 21 tumanida yer osti suvlari sathi tubga tomon keskin qoçgan. Gidrogeologlarning joylardagi köplab kuzatuv quduqlarida kuzatuvlar boşlangan davrdan buyon suv sathining eng pastga tomon qoçişi kuzatila boşlagan.

«Yer usti suvlarining qurişi, iqlim özgarişi, qurğoqçilik, yoğinli davrlarning nomutanosib davrlarda kuzatilişi, ularda maydalab yoğiş örniga jadallaşib yoğiş tamoilining ortişi, ötmişdan maydalab yoğuvçi umidbaxş yoğinlardan namgarçil hosil qiladigan tuproqlarda quruqlaşiş, ularning degredatsiyaga uçraşi baʼzi joylarda yer osti qatlamlaridagi suv sathlarini ham keskin pasaytirib yubordi.

Undan taşqari, antropogen taʼsir aholining yer osti suvlaridan haddan taşqari köp foydalanişi, yer ostidan tortib olingan suvlardan anʼanaviy suğorişlarni davom etirişi ham tubdagi suvlarning kamayişiga olib kelmoqda», deya yozadi meteorolog Erkin Abdulahatov.

Gidrogeologiklar Nurota, Qöşrobod, Kökdala, Zomin, Yangiobod, Koson, Çust, Çortoq, Kosonsoy va Yangiqörğon kabi tumanlarda yer osti suv sathining 5 metrdan çuqur pasayib ketayotgani haqidagi hisobotni eʼlon qildi.

Yana 11 tumanda yaqin yillarda yuqoridagi kabi «qizil» daraja xavfi kuzatilişi, yer osti suv sathi 5 metrdan pastga tomon çekinişi maʼlum qilindi.

Respublikaning 21 tumanidagi hududlarida yer osti suvlarni burğilaşda moratoriy joriy etilmoqda. 10 ta qizil xavfga ega mavjud tumanlarda mavjud yer osti suvlaridan foydalanişda suv tejovçi texnologiyalardan foydalaniş qatʼiy belgilab qöyilişi közda tutilmoqda.

P/S: Yer usti suvlaridagi vaziyatning abgorligi, joylarda tirikçilikni davom ettiriş, joyni taşlab ketmaslik uçun yer osti suvlaridan foydalaniş bu yagona yeçim sifatida qaralayotgan bir vaziyatda holatni infografikadan ham körib turibsiz, tabiat suvdan foydalanişda uni iqtisod qilib işlatiş kerakligi kun tartibida ekanligini yana bir bor eslatib turibdi.


×