Baʼzida kutilmagan yerdan bir muammo çiqib, oson va oddiy tuyulgan işing ham bitmay qoladi. Umuman iloji topilmaydi. Singlim Qöqon davlat pedagogika institutiga hujjat topşirgani borgan kun ham xuddi şunday böldi. Sabringiz yetsa, abituriyentning tinka quritar va maşaqqatli sarguzaştlarini qisqaroq qilib bir boşdan aytib beraman.
2019 yil 10 iyul. Singlim Qöqon davlat pedagogika institutiga boradi va tumonat navbatdan ötib, kompyuterda ötirgan operatorga pasportini beradi. Boşqalarga birpasda tölov uçun invoys çiqarib berayotgan operator bu gal ança urinib, xatolik yuz berayotganini aytadi. «Pasport stol»ga uçraşib körişni maslahat beradi. Singlim menga qönğiroq qilib, bu haqda aytgaç, hayron böldim: nega? Pasporti biometrik, 2013 yili olingan bölsa, nimaga xato çiqadi? Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi coll-markaziga boğlandim. Qabulning elektron tizimi Davlat test markaziga tegişliligini, ularga boğlanişim zarurligi aytişdi. Telefon qildim, bir neça bor urinişlardan söng, göşak kötarildi. Ular ham hayron: «bölişi mumkin emas». Axborot texnologiyalari böyiça masʼul xodimlar bilan gaplaşib, menga özlari qönğiroq qilişlarini aytişdi. 15-20 daqiqadan söng, telefon qilişib, operatorga yana uçraşişni, ularga DTM telefon raqamlari berilganini, boğlanişsa, xatolikni birga hal qilişlarini aytişdi.
Ammo operator şunçaki invoys çiqarişini aytib, içkariga – qabul komissiyaga uçraşişni tavsiya qilibdi. Qabul komissiyasidagilar ham bir-ikki urinibdi, u yerda ham xatolik, bunday şaxsiy identifikatsion raqam böyiça maʼlumot yöq. Ammo DTMga telefon qilişdan keskin böyin tovlaşadi, muammo ularda emasligini aytişadi. Bir neça soatdan beri navbatda turgan va toqati butunlay tugagan boşqa abituriyetlar, ularning yaqinlari ham köp vaqtni olayotgan singlimga nisbatan qatʼiy norozilik bildirişadi.
Bundan söng men yana DTMga qönğiroq qildim, ular vaziyatni örganib, özlari telefon qilişlarini aytişdi. Ammo bu gal qönğiroq qilişmadi. Katta ehtimol bilan ular muammoning mohiyatini u qadar anglay olişmadi. Çunki gap nimada ekanini bir neça bor qayta-qayta tuşuntirişimga töğri keldi. Internetda tölovni DTMning pay.dtm.uz saytidan ham qiliş mumkinligini öqigandim. Özim ham bir neça bor urindim, «404. Maʼlumot xato kiritildi» mazmunidagi yozuv çiqdi. Çiqmagan jondan umid, deya Migratsiya va fuqarolik boş boşqarmasiga telefon qildim. Ular oxirgi 2-3 kun içida yuzga yaqin şunday murojaat bölganini, biroq bu muammoni hal qiliş ularning imkon darajasida emasligini aytişdi. Tuman «pasport stoli»ga borişni, Davlat personallaştiriş markaziga ham murojaat qilib körişni tavsiya qilişdi. Davlat personallaştiriş markaziga boğlandim. Göşakni kötargan ayol bu masalada axborot bera olmasligi, ularga bevosita tuman pasport bölimi murojaat qilişi kerakligini aytdi.
Şundan söng Uçköprik tuman «pasport stoli»ga jönadim. Aksiga olib, öşa kuni Farğonada majlis ekan, hamma yoppasiga yiğilişga ketibdi, postdagi aka: «Ertaga ertalab töqqizga kelavering», deb maslahat berdi. Kun ham keç bölib qolganini hisobga olib, singlimga uyga qaytişini aytdim. DTMning serverlari yuklama köpligidan qiynalayotgan bölsa, keçqurun, yuk kamayganda yana urinib köraman, deb öyladim. Ammo tunda ham şu ahvol: xatolik takrorlanaverdi. Şunda sinaş uçun özimning, yaqinlarimning pasport maʼlumotlarini kiritib kördim: ajabo, işladi! Ism-şariflar bilan birga invoys raqami ham çiqib keldi. Demak, muammo mutlaqo pasportda!
2019 yil 11 iyul. Singlim ukam bilan birga ertalabdan tuman pasport bölimiga yöl oldi. Mutaxassislar bunday mazmundagi murojaatlar bölayotganini, 2013 yildagi köp pasportlarda şunday muammo borligini aytişadi. Çunki u paytlar biometrik pasport tizimi tumanda yangi yölga qöyilgan, maʼlumotlar bazaga töliq kiritilmagan bölişi mumkin. Yagona yöl: pasportni almaştiriş. Ammo yangi pasport tayyor bölişi uçun kamida ön beş kun ketadi.
Şundan söng Davlat xizmatlari agentligining tuman bölimiga uçraşildi. Bölim mutaxassisi ham bir neça bor urinib, natijaga erişa olmadi. Orada Qöqon davlat pedagogika institutining qabul bölimiga ham yana borib kelindi. Natija esa yöq.
Pasport bölimi rahbariga vaziyat tuşuntirildi, Davlat xizmatlari agentligida ham muammo hal bölmagani aytildi. Pasport bölimi boşliği şaxsan özi pasport maʼlumotlarini tizimdan tekşirib köradi: eski nobiometrik pasport böyiça bazadan maʼlumot çiqadi, ammo biometrik pasport böyiça heç qanday maʼlumot yöq. Şu yerda bir jihatni alohida eʼtirof etiş örinli: tuman pasport bölimi rahbari va Davlat xizmatlari agentligi tuman bölimi mutaxassisining fidoyiliklari diqqatga sazovor. Ular imkon qadar muammoni hal qilişga intilişdi, xayrixoh munosabatda bölişdi.
Pasport bölimi rahbari DXA tuman bölimiga şaxsan birga kirib, jarayonni öz közi bilan kuzatibdi. Çunki eski nobiometrik pasport böyiça bazada maʼlumot köringani umid uyğotgan edi-da! Balki oldin eski maʼlumotni öqitib olib, keyin ŞIR raqamini kiritiş mumkindir. Afsuski, bu ham foyda bermadi: DXA tizimida nobiometrik pasport böyiça qabul punkti yöq ekan. Şaxsiy maʼlumotlarni qölda kiritişga esa imkon berilmagan.
Noiloj, yangi pasportga ariza berildi. Vaqtinçalik pasport maʼlumotnomasi (9 forma) olindi. Zora, şaxsiy identifikatsion raqam böyiça maʼlumotlar bazaga kirib qolsa. Ammo bu ham hozirça iş bergani yöq. Oradan bir kun ötib, pay.dtm.uz da tekşirib kördim, behuda – haliyam xatolik çiqyapti.
Şu örinda mulohaza tuğiladi. Yangi tizim bu yil birinçi marta sinovdan ötyapti. Tan oliş kerak, qulayligi zör. Lekin potentsial muammolarni yeçiş uçun nega eşik qoldirilmagan? Nega maʼlumoti avtomatik körinmagan abituriyentning pasport maʼlumotlarini qölda kiritiş imkoni qoldirilmagan?
Tölov qilmagunça, abituriyent beçora hujjat topşirolmaydi. Tölov qilay desa, yöl yöq. Hujjat topşiriş muddati tugaşiga esa 3 kun qoldi. Agar mutasaddilar aytgan gaplarga tayansak, bunday muammoga duç kelgan kamida 100 nafar abituriyent bor. Bunday muammo boşqa heç kimda yöq deb ham öylaylik. Ammo bir nafar bölsa ham abituriyentning umidlari qabuldayoq sindirilişi, boşqalar qatori teng imkoniyat berilmasligi adolatsizlikdir.
Töğri, u qabul boşlanganidayoq komissiyaga uçraşganida, muammo oldinroq aniqlanganida, pasportni yangisiga aliştiriş, boşqalar qatori osongina hujjat topşiriş mumkin bölardi. Lekin bunaqa bölişini kim bilibdi? Otim ölişini bilganimda, çaksa kepakka sotar edim, deydi-ku eskilar.
Xullas, ikki kunlik sarsongarçiliklar mutloq natijasizlik bilan tugadi. Xöş, bu kabi dardi oğir muammoga uçraganlar kimga murojaat qilsin? Uning yeçimiga kalit kimda? Kim yordam beradi? Qabul komissyailari-yu DXA markazlariga uçraşişni qayta tavsiya qilişdan naf yöq. Muammo ulardan taşqarida. Qabul jarayoniga bevosita boş-qoş bölgan Davlat test markazidan muammoning ijobiy hal etilişida amaliy qadamlarni kutamiz.
Orifjon Madvaliyev,
jurnalist









