Gaz «zapravka»larning notöğri gaz töldirişi oqibatida 23 ta fuqaro vafot etgan

Gaz «zapravka»larning notöğri gaz töldirişi oqibatida 23 ta fuqaro vafot etgan

Hozirgi kunda mamlakatimizda tadbirkorlik subʼektlari tomonidan qurilgan 1200 dan ortiq avtomobillarga gaz töldiriş kompressor şoxobçalari (AGTKŞ) va 800 dan ortiq avtomobillarga suyultirilgan gaz quyiş şoxobçalari (AGQŞ) faoliyat körsatmoqda. Şu bilan birga, gaz ballonlarini işlab çiqaruvçi bir neçta  taşkilot mavjud.

Qömita tomonidan Gaz ballonlarini sinovdan ötkaziş vakolatini beruvçi 150 ta korxona va taşkilotlarga belgilangan tartibda ruxsatnoma berilgan.

2022 yilga qadar 1 mln 570 mingdan dan ortiq avtotransport vositalarida 2,5 mln dan ortiq metan gaz va 200 000 dan ortiq avtotransport vositalarida suyultirilgan gaz yoqilğisida işlaşga moslaştirilgan gaz ballonlari örnatilgan.

Biroq bugungi kunda yurtimizda baʼzi yuridik va jismoniy şaxslarlar tomonidan sinovdan ötkazilmagan gaz ballonlaridan foydalaniş holatlari aniqlanmoqda.

Baʼzi avtomobillarga gaz töldiriş kompressor şoxobçalari tomonidan gaz ballon bilan jihozlangan avtomobillarga meʼyoridan ortiq gaz töldiriş kabi qonunbuzarlik holatlari qayd qilinmoqda.

Buning oqibatida oxirgi beş yil mobaynida avtomobillarga örnatilgan ballonlarining portlaşi bilan boğliq 3 ta favqulodda vaziyat sodir bölgan. Buning oqibatida 23 ta fuqaro vafot etgan va 20 ta fuqaro oğir tan jarohatlari olgan.

Tahlillarga köra avtomobil ballonlarining portlaşiga quyidagilar sabab bölmoqda:

◾️ sifatsiz (metallokompozit) ballonlardan foydalaniş;

◾️ ballonlarni işlab çiqariş jarayonida texnologik kamçiliklar;

◾️ avtomobillarga ballonlarni örnatiş va sinov işlarining sifatsizligi;

◾️ avtomobillarga siqilgan gaz quyişda ruxsat etilganidan ortiqça bosimda gaz quyilişidir.

Aytilgan barça jarayonlarda inson omili iştiroki oqibatida yöl qöyilayotgan kamçiliklar va hozirgi holatda bu jarayonlarni doimiy nazorat qiliş imkoniyati mavjud emasligi muammoni çuqurlaştirmoqda.

×