Namangan viloyatida 21 yoşli haydovçi Nexia’sida velosipedçini urib yuborib yöl-transport hodisasi sodir etgan. Bu haqda Içki işlar vazirligi axborot xizmati xabar qilgan.
Xabarga köra, 2020 yil 22 iyul kuni Namangan viloyati Yangiqörğon tumani hududida 1999 yilda tuğilgan fuqaro öziga tegişli bölmagan Nexia’da harakat boşqaruvini yöqotib yöl çetida ketayotgan velosipedçini urib yuborgan.
Oqibatda 1988 yilda tuğilgan fuqaro tan jarohati olib şifoxonaga yotqizilgan. U şifoxonada olib borilgan muolajalarga qaramay vafot etgan.
Avvalroq 2020 yil 29 iyunda Namangan viloyati Norin tumanida yaşovçi, 2004 yilda tuğilgan maktab öquvçisi onasining nomida bölgan Damas’da uç nafar ayolni urib yuborib ulardan birining ölimiga sabab bölgani, 9 iyulda 4 iyul kuni Namangan viloyati Yangiqörğon tumanida yaşovçi 31 yoşli fuqaro öz boşqaruvidagi «ZIL-130» avtomaşinasida 2 yoşli bolakayni bosib ketgani, 10 iyulda esa tsement ortilgan Isuzu’ning jarlikka ağdarilib ketişi oqibatida 2 kişi: haydovçi va maşina içida bölgan 23 yoşli yölovçi olingan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida halok bölgan haqida xabarlar berilgan.









