Jinoyat işlari böyiça Andijon viloyat sudida onasini himoya qiliş maqsadida obdasta bilan otasini urib, qasddan öldirgan Bahrom Xidirov (ismi özgartirilgan)ga sud hukmi öqildi. Bu haqda «Daryo»ga viloyat sudi sudya katta yordamçisi Kamronşoh Rasulov xabar berdi.
Sudlanuvçi Bahrom Xidirov yaşaş uyida otasi Farhod Xidirov (ismi özgartirilgan) bilan birga nos işlab çiqarib, sotiş bilan şuğullanib kelgan. Otasining muntazam ravişda spirtli içimliklar isteʼmol qilib, uyga kelganda oila aʼzolarini haqorat qilib, onasini urib tan jarohati yetkazib kelişi oqibatida Bahromda otasiga nisbatan nafrat paydo bölgan.
Bahrom sudda, aybiga qisman iqrorlik bildirib, 2018 yilda kollejni tamomlaganini, oliygohga öqişga kirmasdan otasi bilan birga nos işlab çiqariş va sotiş bilan şuğullanib kelgani aytgan. Şuningdek u, otasi 2014 yildan buyon spirtli içimlik içişga ruju qöyib, deyarli har kuni mast holda uyga kelib, heç bir sababsiz onasini buzuqlikda ayblab, haqoratlab, urib, janjal qilgani, hamişa ularni ajratib kelganini maʼlum qilgan.
«2019 yil 3 mart kuni soat 21:30 larda dadam yana içim kelib, har doimgidek janjal qildi. Biz ovqatlanib ötirgandik, iş bilan taşqariga çiqib ketdim. Hovlida turganimda birdan kiçik xonada onamning baqirgan ovozi eşitildi. Kirganimda dadam onamni urib döpposlayotgan edi. Töxtatişga harakat qildim, biroq iloji bölmadi. Öşa paytda közim qonga tölgan edi. Xonadagi isitiş peçi ustida turgan obdastani olganimni bilaman, qolganini eslay olmayman. Özimga kelganimda otam ölib bölgandi. Qilgan işimdan puşaymonman. Onamdan va yaqinlarimdan meni keçirişlarini sörayman», — deydi sudlanuvçi Bahrom Xidirov öz körsatmasida.
Sud hukmi bilan Bahrom Xidirov Jinoyat Kodeksining 97-moddasi, 1-qismi bilan aybli deb topilib, unga 10 (ön) yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Jazoni umumiy tartibli koloniyada ötaş belgilandi.









